Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KONSTITUTSIYA KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O’TKAZILDI
2020-12-07 15:18:49 352
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hyech kimga qaram bo’lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo’lib kelmoqda. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu tantanali bayram bugun tumanimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda.
Konstitutsiyamizning 28 yillik bayrami munosabati bilan bugun tuman Markaziy Madaniyat uyida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusidagi bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, korxona va tashkilot, muassasa rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Bayram tadbirini tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz konstitutsiyasi, mustaqil va suveren O’zbekiston davlatining tashkil topishi va rivojlanishi, uning xalqaro maydonda munosib obro’-e'tiborga ega bo’lishi, yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida mustahkam poydevor bo’lib kelayotganligini, mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasini yaratishda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalariga qat'iy amal qilinganligini gapirib, bayram bilan barchani tabrikladi.
Tadbirda so’z olgan tuman prokurori, adliya maslahatchisi M.Shomurodov Konstitutsiyamizning mazmun va mohiyati haqida gapirib o’tdi.
Bayram tadbiri davomida Madaniyat bo’limi hamda madaniyat markazlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasi, xonandalar Sh.Tojiboyev, S.Azimov, M.Raxmonov, G.Yusupova, K.Fozilov, X.Raxmonov hamda madaniyat markazida tashkil etilgan “Maqom” ansambli sozandalari A.Ahmadjonov, S.Raxmatov, M.Ormanov, A.Sheraliyev, D.Raximov, raqs ustasi V.Muxammadraximova, 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining dutorchi qizlar jamoasi hamda 40-umumta'lim maktabinig faol o’quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy, qo’shiq, raqslar va vatanni madh etuvchi she'rlar tadbirga yanada ko’tarinkilik ulashdi.
Bayram dasturi davomida sektor rahbarlari Konstitutsiyasimizning 28 yilligi munosabati bilan tumanimizda istiqomat qiluvchi front orti mehnatkashlari A.Ibragimov, K.Toshnazarova, U.Isroilova, T.Mamadaliyev, X.Qo’shaqova, X.Teshaboyeva, F.Olimovalarga viloyat hokimi X.Bozorov tomonidan yo’llagan tabriknoma va sovg’alarni topshirdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.