Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FORUM BAHS VA MUHOKAMALARGA, TAKLIFLARGA BOY BO’LDI
2020-11-30 14:12:02 245
Xabaringiz bor, joriy yil 26-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolarining Respublika forumi bo’lib o’tdi.
Ushbu forumda respublikamizning turli hududlaridan saylangan Yoshlar parlamenti a'zolari qatorida Qo’shtepa tumanidan Elmurodjon Abduxamidov ham ishtirok etib qaytdi va safar taassurotlari bilan o’rtoqlashdi.
- Uzoq kutilgan, Yoshlar parlamentining Respublika forumi bo’lib o’tdi. Forum doirasida yalpi majlis, turli seminar treninglar, munozaralar, qo’mitalarning tegishli mavzu bo’yicha yig’ilishlari o’tkazildi. Ularda Yoshlar parlamenti a'zolarining taklif va tavsiyalari o’rganildi.
Shuningdek, Yoshlar parlamenti a'zolarining fikr, taklif va mulohazalariga keng o’rin berildi.
Forum bahs va muhokamalarga, takliflarga boy bo’ldi. Qonunchilik palatasi deputatlari va ilm ahli bilan bo’lgan uchrashuvlarda respublikamizning har bir hududidagi muammolar, yoshlarga doir masalalar ko’tarildi.
Forumda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o’rinbosari Akmal Saidov, Yoshlar ishlari agentligi dirktori o’rinbosari Farrux Omonov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o’rinbosari Muzaffar Akramov hamda Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Meliyev, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Marahimovlar so’z olib, Yoshlar parlamenti a'zolarini samimiy qutladilar hamda bugungi yoshlar siyosatidagi katta o’zgarishlar haqida maruza qildilar.
Bo’lib o’tgan Yoshlar parlamentining yalpi majlisida Yoshlar parlamenti a'zolarining shu kungacha bo’lgan faoliyati tanqidiy-tahliliy ko’rib chiqish bilan boshlandi hamda majlis davomida muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masalalar ko’rib chiqildi.
Yoshlarimiz kutilgandan ham faol va talabchan. Yoshlarni birlashtiruvchi bu kabi platformalar ko’payishi, biz, Yoshlarning ovozi tinglanishiga zamin yaratiladi.
Forumning asosiy maqsadi: Yoshlar parlamenti a'zolarining huquqiy savodxonligini oshirish, jamiyatda yoshlarni siyosiy faol qatlamga aylantirish hamda ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko’nikmalarini amalda boyitish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targ’ib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirishdan iborat.
Forum davomida Yoshlar parlamenti a'zolariga ko’krak nishonlari ham topshirildi. Albatta bu ko’krak nishonlariga ega bo’lgan yoshlar oddiy yoshlar emas. Ular tashabbuskor, jamiyatda bo’layotgan o’zgarishlarga befarq bo’lmagan, ularga o’zining munosabatlarini erkin bildira oladigan izlanuvchan yoshlardir. Men ham O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi sifatida o’zimga bildirilgan ishonchni oqlash yo’lida astoydil harakat qilaman.
Elmurodjon Abduxamidov,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi.