Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KITOBXON VA IJODKOR YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

×

 2020-11-28 14:07:18    159

PDF yuklash
Chop etish


Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari N.Otabekov va 5-umumiy o’rta ta'lim maktabi jamoasining tashabbusi bilan o’quvchilarning ma'naviyatini yuksaltirish hamda ijodkorligini, kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Maktab kutubxonasida o’tkazilgan ushbu tadbirda jamoaning o’qituvchilari va kutubxonachilari, tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari bilan birga maktabning 30 nafarga yaqin ijodkor o’quvchilari ishtirok etdilar. 

Tadbir davomida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari N.Otabekov O’zbekiston Ruspublikasi Prezidenti tomonidan ta'lim - tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan, shuningdek, yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ularga qulay shaoit yaratish borasida olib borilayotgan keng ko’lamli isloxotlarga to’xtalib o’tdi.

Tadbirda so’z olgan murabbiylar ushbu maktabda ijodkor yosh o’quvchilar ko’pligini aytib o’tdilar. Maktabning 8-“B” sinf o’quvchisi S.Nosirova esa yig’ilganlarga o’zi yozgan “Oqibat” nomli she'rini o’qib berdi.

Ijodkor va kitobxon o’quvchilar S.Nosirova, M.Olimova, M.Hakimbekovalarni kitobga bo’lgan muhabbatlarini yanada oshirish maqsadida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari N.Otabekov tomonidan tuman hokimining sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.