Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2020-11-20 15:14:24    138

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida mahallalar aholisi va yoshlar uchun tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Qo’shtepa tumanida davom etmoqda. Ushbu tadbir bugun Istiqbol mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 4-umumiy o’rta ta'lim maktabida o’tkazildi.

Targ’ibot tadbiri oldidan Prezidentimizning 5 ta tashabbuslari doirasida ko’rgazmali namoyishlar tashkil etildi. Chinakam bayramona va jo’shqinlik ruhida tashkil etilgan tadbir konsert dasturi va she'rxonlikka ulanib ketdi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etdi.

Shuningdek, Istiqbol mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari, mahalla faollari bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar vakillari, tadbirkorlar, nuroniylar va sportchi yoshlar ham qatnashdilar.

Tadbir davomida xonanda S.Azimov va 4-umumiy o’rta ta'lim maktabining iste'dodli o’quvchilari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar va vatanimizni madh etuvchi she'rlar ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Sport musobaqalari va fan olimpiadalarida qatnashib yaxshi najijalarga erishgan ushbu maktabning o’quvchilari va jonkuyar murabbiylariga, mahallaning bir guruh faollariga tuman hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi. 

Targ’ibot tadbiri davomida bolajonlar o’rtasida sport musobaqalari bo’lib o’tdi va hunarmandlar, tadbirkorlar tomonidan yarmakalar tashkil etildi.

Shuningdek, ushbu tadbirlar tumanimizdagi Kichik beshkapa, Yo’ldoshobod va Xalqobod mahalla fuqarolar yig’inlarida ham bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirlarda tuman prokurori M.Shomurodov va tuman Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo’yicha tuman hokimi o’rinbosari B.Mo’minovalar ham ishtirok etdilar.

 Mazkur tadbirlarda Farg’ona Politexnika instituti o’qituvchilari M.Ergashev, N.Abdug’aniyev, B.Otaqulov, V.Mamatov, U.Abdullayevlar ishtirok etishib, yurtimizda bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlarning mazmun-mohiyati to’g’risidagi o’z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.

Sportchilar, iqtidorli yoshlar va san'atkorlarning chiqishlari bilan ushbu tadbirlar ham ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

N.Otabekov,

Ma'naviyat va marifat markazi tuman kengashi rahbari.