Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VATANIMIZ BAYROG’I - FAXRIMIZ, G’URURIMIZ”

×

 2020-11-18 16:32:00    416

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilda davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri-mustaqil O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 29 yil to’ldi. Bayrog’imiz davlatimizning ramzi hisoblanib, u yer yuzida O’zbekiston davlati borligini anglatadi. Ushbu sana munosabati bilan Qo’shtepa tumanida ham “Vatanimiz bayrog’i-faxrimiz, g’ururimiz” shiori ostida madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, tuman hokimligi, Ichki ishlar bo’limi, tuman prokuraturasi, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, Xalq ta'limi, Maktabgacha ta'lim bo’limlari, madaniyat bo’limi, Axborot kutubxona markazi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi, Yoshlar agentiligi tuman bo’limi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 29 yilligi keng nishonlandi. Ushbu tadbir Markaziy madaniyat uyi hamda Yoshlar agentligi tuman bo’limi binosi oldida o’tkazildi.

Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, “O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i to’g’risida”gi  qonun 1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan 7 sessiyasida qabul qilinganligi, Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadlarida qadimda mavjud bo’lgan dalatlar bilan tarixan bog’liqligini bildirishini hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o’zida mujassamlashtirishini takidlab, O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami bilan barchani muborakbod etdi.

Bayram tadbiri davomida tuman madaniyat markazi xodimlari, 11-umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari, 15-sonli Bolalar musiqa maktabi o’quvchilari hamda 36, 10, 26, 4-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan Ona Vatanimizni madh etuvchi she'r va qo’shiqlar ijro etildi. Mazkur tadbirlar o’quvchilar o’rtasida davlatimiz bayrog’iga nisbatan hurmat, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish maqsadida amalga oshirildi.

N.Otabekov,

Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari.