Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“TIL MADANIYATI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2020-11-13 17:54:24 256
Bugun xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 11-umumta'lim maktabida viloyat hokimining davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari bo’yicha maslahatchisi S.Tongotarova ishtirokida “Til madaniyati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Ushbu tadbirda tumandagi umumta'lim maktablarining ona tili va adabiyoti o’qituvchilari, tashqi reklama faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari qatnashdilar.
Shuningdek, davra suhbatida Qo’shtepa tumani “Mo’yi Muborak” jom'ye masjidi imom xatibi T.Erbo’tayev ham qatnashib, o’zbek tilini tarixiy manbalardagi mavqyei, ona tilini muqaddas Islom dinimizda belgilangan ahkomlari yuzasidan ma'ruza qildi.
Tadbirda Farg’ona shahar hoimining davlat tili masalalari bo’iycha maslahatchisi F.Mamajonov bugungi kunda tashqi reklama bozoridagi tartibsizliklar, yozuvlardagi xatoliklar yuzasidan gapirib o’tdi. Umumta'lim maktablarning ona tili fani o’qituvchilari I.Rizayeva, M.Amirchayeva, hamda N.Bakirjonovlar davra suhbatida faol ishtirok etib, til sohasida qilinishi kerak bo’lgan va oldimizda turgan vazifalarga alohida to’xtalib o’tdilar. Tadbir so’ngida ishtirokchilar o’sib kelayotgan o’g’il-qizlarimizga o’z ona tili bilan fahrlanish tuyg’usini singdirish, tilni buzmasdan sof so’zlay olish va o’zbek tilini mukammal o’rgatish maktablarning ona tili fani o’qituvchilarining birinchi navbatdagi vazifasi ekanligini yana bir bor his etdilar.
O’tkazilgan davra suhbati bahs-munozaralarga boy bo’ldi.
U.Xolmatov,
tuman hokimining maslahatchisi.