Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA YASHASH TURMUSH TARZI YAXSHILANGAN 502 TA OILA “TEMIR DAFTAR”DAN CHIQARILDI

×

 2020-11-13 14:46:17    206

PDF yuklash
Chop etish


Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi Ilyosbek Novikov raislik qildi.

Deputatlar 21-Qorakaltak saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Fazliddin Mamanazarovni sessiya kotibligiga sayladilar.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibiga:

1. Pandemiya davrida doimiy daromad manbaasini yo’qotgan, kam ta'minlangan, kambag’al oilalarni qo’llab-quvvatlash natijasida sektorlar hududidagi ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti yaxshilangan oilalarni ehtiyojmand oilalar ro’yxati (“temir daftar”)dan chiqarish bo’yicha sektor rahbarlarining axboroti to’g’risida.

2. Tumanda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish masalalari yuzasidan tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’ining o’rinbosari S.Nuriddinovning hisoboti to’g’risida.

3. Yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyasining tanlov natijalari to’g’risidagi yig’ilish bayonlarini tasdiqlash haqida.

4. Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasi faoliyati to’g’risidagi masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, pandemiya davrida doimiy daromad manbaasini yo’qotgan, kam ta'minlangan, kambag’al oilalarni qo’llab-quvvatlash natijasida sektorlar hududidagi ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti yaxshilangan oilalarni ehtiyojmand oilalar ro’yxati (“temir daftar”)dan chiqarish bo’yicha dastlab tuman hokimi I.Novikovning 1-sektor kesimidagi axboroti tinglandi.

 - “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida 158 ta oilalarga qo’ychilik, asalarichilik, parrandachilik va hunarmandchilik yo’nalishlarida 1 mlrd. 408 mln. so’m imtiyozli kreditlar hamda 63 ta oilalarga issiqxona, suv nasosi va quyonchilik uchun tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan subsidiyalar ajratildi, - deydi 1-sektor rahbari o’z axborotida. -   Bugungi kunda “temir daftar”ga kiritilgan 132 ta oilalar karantin cheklovlari yumshatilganligi sababli, shuningdek, bandligi ta'minlanganligi hamda imtiyozlardan foydalanib o’zlarining daromad manbaiga ega bo’lganliklari natijasida sektor rahbari nomiga yozgan arizalari hamda mahalla fuqarolar yig’inlarining dalolatnomalariga asosan ehtiyojmand oilalar ro’yxatidan chiqarish taklif etilmoqda.

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan 2-sektor rahbari, tuman prokurori M.Shomurodov, 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev, 4-sektor rahbari tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i Z.Mirzayevlarning axborotlari ham tinglandi.

Kun tartibidagi mazkur masala yuzasidan qaror loyihasi tayyorlanib, unga ko’ra yashash turmush tarzi yaxshilanib ehtiyojmand oilalar safidan chiqqan 502 ta oila “temir daftar”dan chiqarildi.

Kun tartibidagi boshqa masalalar bo’yicha tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’ining o’rinbosari S.Nuriddinov, tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo’limi mutaxassisi B.Xusanov, tuman Kengashining “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasi raisi Sh.Sharapovlarning axborotlari ham tinglandi.

Sessiya kun tartibida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya  o’z ishini yakunladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.