Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YANGI O’ZBEKISTON - YANGICHA DUNYOQARASH” MAVZUSIDA TADBIR O’TKAZILDI
2020-11-10 21:00:35 281
Bugun “Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida Qo’shtepa tumani "Qiyqi" mahalla fuqarolar yig’inida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Aytib o’tish joizki mazkur tadbir tumanning barcha mahallalarida tashkil etiladi.
Dastlabki namuna sifatida tashkil etilgan tadbir Qo’shtepa tumani "Qiyqi" mahallasi aholisi uchun mahalla hududida joylashgan 11-umumiy o’rta ta'lim maktabining majlislar zalida o’tkazildi.
Shuni takidlash joizki, tumanda yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish, ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targ’ibot tadbirlarini “mahallabay” tashkil etish va o’tkazish, aholi kayfiyatini ko’tarishga qaratilgan “Yangi O’zbekiston -yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar o’tkaziladi.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad,
- joylarga chiqqan holda aholini yurtimizda va dunyoda bo’layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish;
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish;
- aholining kayfiyatini ko’tarish, ularda islohotlarga daxldorlik tuyg’usini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, o’zaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirishdir.
Bugungi tadbirda tuman hokimi o’rinbosari A.Yusupov, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, tuman mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B. Mo’minova, Farg’ona politexnika instituti tarix kafedrasi o’qituvchisi G’.Abduraxmonov, Respublika ishchi guruhi a'zosi O.Axmedov, Farg’ona politexnika instituti prorektori Z.Xamroqulov va boshqa bir qancha o’qituvchi va professorlar shuningdek, 120 nafardan ziyod aholi va yoshlar ishtirok etdilar.
Pandemiya davrida davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, birinchi navbatda ehtiyojmand qatlam vakillariga katta e'tibor qaratish, shuningdek islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, uning har bir kishi hayoti, farzandlari kelajagiga ta'sirini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda “Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” g’oyasi ila sug’orilgan she'rlar kuy va qo’shiqlar ijro etildi.
Ayniqsa, tadbir davomida O’zbekiston xalq xofizi I.Ibragimov, xonandalar K.Fozilov, Sh.Tojiboyev, M.Qosimovlar hamda 15 sonli BMSM dutorchilar ansambilining chiqishlari barchaga birdek manzur bo’ldi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.