Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLIGA YANA BIR QULAYLIK YARATILDI

×

 2020-11-10 10:05:24    123

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda bozorlarda narx-navo barqarorligini ta'minlash, ularning sun'iy o’sishiga yo’l qo’ymaslik Qo’shtepa tumanidagi sektor rahbarlarining doimiy diqqat-e'tiborida bo’lib turibdi. Shundan kelib chiqib, tumanda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mashulotlari yarmarkasi tashkil etilgan. Sektor rahbarlari tomonidan doimiy ravishda bozordagi narx-navo barqarorligi ko’zdan kechirilib, bu borada sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashilmoqda. Sotuvchilarga narx-navoni sun'iy ko’tarmaslik yuzasidan tushuntirish-targ’ibot ishlari amalga oshirilayapti.

Ayni paytda bozorda narx-navo barqarorligini ta'minlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Qo’shtepa tumanidagi "Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kunlik oziq-ovqat mahsulotlarini o’zida jamlagan arzonlashtirilgan savdo do’konlari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Bu esa aholini mamnun etib, ular uchun har tomonlama qulaylik yaratmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.