Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FIDOYI TIBBIYOT XODIMLARI BAYRAM MUNOSABATI BILAN TAQDIRLANDI (FOTO)

×

 2020-11-07 10:45:24    235

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining kasb bayrami kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Shu munosabat bilan Qo’shtepa tumani Madaniyat bo’limining majlislar zalida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda sektor rahbarlari va tibbiyot soxasi xodimlari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi I.Novikov "Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan ularga o’z tabrigini va samimiy tilaklarini yo’llab, mashaqqatli mehnatlarini yuksak qadrlab, “Kasbingizda sharaf va mas'uliyat birdek ekanligi bois jamiyat hayotidagi beqiyos o’rningizni e'tirof etgan holda Siz azizlarni “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, mehnat jamoalaringiz va xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka, salomatlik yo’lidagi mashaqqatli faoliyatingizda kuch va shijoat tilayman”  dedi.

Shuningdek  tadbir davomida sektor rahbarlari tumanda faoliyat ko’rsatayotgan bir guruh fidoiy tibbiyot xodimlarini faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirladilar. 

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.