Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT AKTIVLARINI XUSUSIYLASHTIRISHGA OID PREZIDENT FARMONI QABUL QILINDI

×

 2020-11-04 16:22:23    268

PDF yuklash
Chop etish


“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan davlat ishtirokidagi korxonalarda iste'molchiga yo’naltirilgan zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflik va bozor tamoyillarini jadal joriy etish, tannarxni pasaytirish orqali daromadlarni oshirish, islohotlar jarayonida xususiy kapital ishtiroki uchun kengroq imkoniyatlar yaratish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada yaxshilash belgilanib olindi.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo’jalik birlashmalari ro’yxati;

Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro’yxati;

Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari ro’yxati;

Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to’lig’icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro’yxati;

Xususiy sektorga sotiladigan davlat ko’chmas mulki ob'yektlari ro’yxati.

Moliya vazirligi markaziy apparatida Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish departamenti tashkil etildi.

Farmonga ko’ra, 32 ta yirik davlat korxonalari va xo’jalik birlashmalari transformatsiya qilinadi. 15 ta davlat ko’chmas mulk ob'yektlari xususiy sektorga sotiladi.

Shuningdek, Farmon bilan:

274 ta davlat ulushlari bor korxona;

109 ta gazeta, nashriyot va jurnallar;

26 ta axborot texnologiyalari korxonalari va kompyuter xizmatlari ko’rsatish markazlari;

27 ta xususiy sektor rivojlangan sohadagi tibbiyot muassasalari;

12 ta yog’-moy sanoati korxonalari;

31 ta vinochilik tarmog’i va sharob savdo korxonalari to’liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi belgilandi.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to’lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo’lib-bo’lib to’lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.

2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta'sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalar xatlovdan o’tkazilib, ularni bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

Farmonga asosan davlat ob'yektlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi va ular investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 so’m” boshlang’ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi.

Ziyodbek Halimjonov,

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.