Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA 4 NAFAR KAM TA'MINLANGAN XOTIN-QIZLARGA TIKUV MASHINALARI BERILDI

×

 2020-10-31 06:41:16    296

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida «Temir daftarga» kiritilgan oilalarning bandligini ta'minlashda muntazam ish tashkil etilgan. Amaliy sa'y-harakatlar natijasida hududdagi mavjud kambag’al oilalarga imtiyozli kredit va subsidiya asosida issiqxonalar qurib berildi. Fermer xo’jaliklaridagi yerlarda takroriy ekin yetishtirish imkoniyati yaratildi, tikuv mashinasi, qo’y, quyon va parranda tarqatilib, xonadon egalarining bandligini ta'minlashda tizimli ish yo’lga qo’yilmoqda. Ko’rilayotgan bunday chora tadbirlar orqali kishilarimizda tadbirkor bo’lishga ishtiyoq va ishonch ortib, ko’proq daromad olishga intilish oshib bormoqda.

Xususan, Qo’shtepa tumanida «Temir daftarga» kiritilgan oilalarning bandligini ta'minlash maqsadida yana bir xayrli tadbir bo’lib o’tdi. Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan “FERGANA GLOBAL TEXTILE” mas'uliyati cheklangan jamiyati homiyligida sektorlar kesimida “Temir daftar”iga kiritilgan ehtiyojmand oilalardan 4 nafariga nogironlik aravachasi topshirildi. Shuningdek, karantin vaqtida ishsiz qolgan xotin-qizlar bandligini ta'minlash  maqsadida ularning 4 nafariga zamonaviy tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.