Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM BOZORDAGI NARX-NAVO BILAN TANISHDI

×

 2020-10-29 16:50:57    266

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tuman hokimi I.Novikov tumandagi “Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, u yerdagi narx-navo, sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, sotuvchi va xaridorlar bilan karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish, fuqarolar o’rtasidagi oraliq masofani saqlash, savdo madaniyatiga amal qilish yuzasidan muloqot qilindi.

Shuningdek, bozor ma'muriyati va sotuvchilarga narx-navoning sun'iy tarzda oshishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan topshiriqlar berildi.

Darhaqiqat, karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish tuman hokimligining doimiy nazoratiga olingan.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.