Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGILIKLAR: DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

×

 2020-10-29 14:30:24    247

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman Yer resurslari va davlat kadastrida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda O'zLiDeP tuman Kengashining mas'ullari, tuman Kengashi deputatlari hamda partiya faollari ishtirok etdilar.

Davra suhbatini xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi O'zLiDeP deputatlik guruhi  apparat rahbari D.Yusupov olib borib, ushbu Farmonning mazmun-mohiyatiga to’xtalib o’tdi.

D.Yusupov o’z so’zida kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi eskirgan qonun hujjatlarini yangilash yuzasidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan xolda, “Yer kodeksi”ni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish kerakligini ta'kidladi.

Tadbir davomida tuman “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tuman filiali rahbari U.Abdullaxojiyev ham so’z olib, o’zining takliflarini bildirdi.

Davra suhbatida tuman Kengashi deputatlari ham farmon yuzasidan o’zlarining takliflarini berdilar.

Sh.Tojimatova,

Хalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashidagi

O'zLiDeP deputatlik guruhining ijrochi kotibi.