Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KICHIK SANOAT ZONASI FAOLIYATI O’RGANILDI

×

 2020-10-28 16:28:53    273

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi paytda kichik sanoat zonalari faoliyatini yo’lga qo’yishga e'tibor kuchayib bormoqda. Eng muhimi, kichik sanoat zonalari joylardagi bo’sh turgan yoki foydalanilmayotgan bino-inshootlar negizida davlat va xususiy sektor o’rtasidagi sheriklik asosida barpo etilishi, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratishda qo’l kelmoqda.

Qo’shtepa tumanida ham kichik sanoat zonalari tashkil etilgan bo’lib, hozirda ular o’z faoliyatlarini boshlab yubordilar. Huddi shunday zonalardan biri 3-sektor hududidagi “Shomirza” mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilmoqda.

Bugun tuman hokimi I.Novikov va tuman IIB boshlig’i, 2-sektor rahbari S.Abdullayevlar ushbu kichik sanoat zonasida bo’lib, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdilar.  Shuningdek, loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatlashdilar.

Sektor rahbarlari tomonidan kelgusida amalga oshirilishi muhim bo’lgan vazifalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.