Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI SARDORLAR SAYLANDI

×

 2020-10-28 15:15:45    291

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumanimizdagi "Yoshlar markazi"da Sardorlar Kengashi saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda umumiy o’rta ta'lim maktablaridan sardorlik uchun o’z nomzodlarini qo’ygan o’quvchilar qatnashdilar. Har bir sardor "Agar men sardor bo’lsam" mavzusida o’z loyihalarini berishdi.

Mazkur loyihalarda har bir yoshning o’z dunyoqarashi, ijtimoiy hayotda bo’layotgan voqyea-hodisalarga munosabati, tengdoshlarining vaqtini mazmunli o’tkazish borasida o’rtaga tashlagan takliflari aks etdi.

Saylangan sardorlarga kelgusidagi faoliyatini yanada jonlantirish uchun tuman Kengashi tomonidan planshet taqdim etildi.

O’ylaymizki, bugun saylangan sardorlar vazifalarini sidqidildan ado etib, mamlakat ravnaqiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shadilar. Eng muhimi, yoshlar bilan yangicha yondashuvlar asosida ishlab, O’zbekistondagi har bir yosh yigit-qizning ko’ngliga yo’l topishga harakat qiladilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.