Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI O’TKAZILDI
2020-10-27 20:48:32 238
Haftaning har seshanba kuni Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o’tkazib kelinmoqda.
Karantin qoidalariga to’liq rioya qilingan holda o’tkazilgan bugungi qabulda ham fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ular qo’ygan muammolar bo’yicha hokim o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko’rildi. Ayrim murojaatlarda ko’rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bank, bandlik, tadbirkorlik, kadastr, ichimlik suv ta'minoti, yo’llarni asfaltlash bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalarga oid 50 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, ayrim murojaatchilarga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.