Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI «DEHQON BOZORI»DAGI NARXLAR BILAN TANISHDI
2020-10-26 08:32:37 265
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari tumandagi «Dehqon bozori» mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, u yerdagi narx-navo, sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Bundan tashqari, sotuvchi va xaridorlar bilan karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish, fuqarolar o’rtasidagi oraliq masofani saqlash, savdo madaniyatiga amal qilish yuzasidan muloqot qilindi. Shuningdek, bozor ma'muriyati va sotuvchilarga narx-navoning sun'iy tarzda oshishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan topshiriqlar berildi.
Karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish tuman hokimligining doimiy nazoratiga olingan.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.