Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ICHKI BOZORDA NARX-NAVO BARQARORLIGIGA ERISHILADI
2020-10-21 21:23:32 207
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi va unda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Sessiya ishiga tuman hokimi I.Novikov raislik qildi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 16 oktyabr kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan muhim vazifalar belgilab berildi.
Xususan, yig’ilishda ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, narx-navo barqarorligini saqlash, bunda, har bir hudud bo’yicha aholining keyingi yilning may oyigacha go’sht, tuxum, un, yog’, shakar, guruch, kartoshka, sabzi va piyozga bo’lgan ehtiyoji, ushbu mahsulotlarni qachon, qayerdan olish bo’yicha aniq hisob-kitob qilish hamda bu borada alohida qarorlar qabul qilish topshirildi.
Shuningdek, shahar va tuman hokimlari va sektor rahbarlari o’z hududida yaratilgan tizim, bozordagi shart-sharoitlar va narx-navo bo’yicha xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyalarida xalqqa hisobot berishi zarurligi aytilgan edi.
Shundan kelib chiqib, tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan hisobot berdilar.
Tahlillar asosida o’tgan sessiya ishida tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash hamda oziq-ovqat zaxirasini shakillantirish borasida muhim vazifalar belgilab olindi.
Bundan tashqari sessiya ishida Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi raisi A.Ergashev va Qo’shtepa tumani ma'muriy sudi raisi Q.Abdullayevlar tomonidan 2020 yil 9 oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlari tinglandi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Qo’shtepa tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A.Umarov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019 yil 14 maydagi PF-5718-sonli farmoni ijrosi bo’yicha 2020 yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha axborot berdi.
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham ko’rilib, ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.