Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-10-20 20:33:52    149

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 8 oktyabr kuni “MA-News Agency” telegram messendjerida “Kadr emas, vijdon yetishmovchiligi bor” nomli tanqidiy maqola chop etilgan edi. Ushbu tanqidiy maqola yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

         O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.01.2019 yildagi “Fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq  xo’jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo’jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 14-sonli qarori ijrosi Qo’shtepa tumanida ta'minlanishi jarayonida, sobiq “Momiq buva” nomli fermer xo’jaligiga ishonchnoma orqali rahbarlik etayotgan M.Qodirov tuman hokimi nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qilib, fermer xo’jaligidagi  jami 59,2 gektar ekin maydonini tuman zahirasiga qaytarib olishni hamda yer  ijara shartnomasini bekor qilishni so’ragan.

         Bundan tashqari, yuqoridagi qaror ijrosini Qo’shtepa tumanida ta'minlash  bo’yicha tashkil etilgan ishchi guruh hamda tuman Fermer, dehqon xo’jaliklari  va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan “Momiq buva” nomli fermer xo’jaligi faoliyati o’rganilib, xulosalari berilgan.

Ushbu fermer xo’jaligi 2007 yilda  paxta-g’allachilik yo’nalishida tashkil etilgan bo’lib, Tojixon Qodirova rahbarlik qilib kelgan. Umumiy yer maydoni 60,38 gektar, shundan ekin yer maydoni 59,20 gektarni tashkil etgan. Fermer xo’jaligi balansida 1987 yilda ishlab chiqarilgan "Belorus" rusumli traktor tirkamasi bilan mavjud bo’lib, 12 yillik  faoliyati davrida boshqa  qishloq xo’jaligiga doir texnika sotib olinmagan. 2010 yilda qurilgan dala shiyponi ham ta'mirlanmagan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 14.01.2018 yildagi 25-sonli qarorida berilgan topshiriqqa asosan qoramol, asalari va 50 bosh parranda hamda yengil konstruksiyali issiqxona tashkil etilmagan.

“Momiq buva” fermer xo’jaligi 48,8 million so’m g’alla kreditidan, 56,6 million so’m tijorat kreditidan, 2,4 million so’m lizing to’lovlaridan, 3,3 million so’m elektr energiyasidan, 27,9 million so’m don korxonasidan, 3,0 million so’m soliq to’lovlaridan qarzdor bo’lib, jami qarzdorligi esa 142,1 million so’mga yetib borgan.

Qolaversa, “Momiq buva” fermer xo’jaligi tomonidan keyingi 3 yil mobaynida paxta sotish kontraktatsiya shartnomasi 2016 yilda 70,5% ga, 2017 yilda 81,7% ga, 2018 yilda 78,3% ga bajarilgan xolos. Shuningdek, davlatga g’alla sotish kontraktatsiya qarorlarini bekor qilish haqida viloyat prokuraturasi tomonidan 19.04.2019 yilda 11-19-sonli protest kiritilgan.

         Ushbu protestlar tuman hokimligi tomonidan ko’rib chiqilib, Farg’ona  viloyat prokuraturasiga Qo’shtepa tuman hokimi nomidan 30.04.2019 yilda 1263/1 sonli javob xati yo’llangan hamda ushbu xatda “Momiq buva” nomli fermer  xo’jaligi rahbari Tojixon Qodirovaning sog’lig’i yomonlashganligi sababli rahbarlikni 30.03.2018 yilgi 1-sonli ishonchnomaga asosan o’g’li M.Qodirovga  topshirgani va shunga ko’ra barcha fermer xo’jaligiga doir faoliyatlar o’g’li  tomonidan amalga oshirib kelinganligi bildirilib, tuman hokimi nomiga kiritilgan protestlarni qayta ko’rib chiqish so’ralgan.

         O’z navbatida Farg’ona viloyati fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining “Qo’shtepa tumani hokimining 20.01.2019 yildagi 91-sonli va 28.01.2019 yildagi 344-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida”gi da'vo arizasi Qo’shtepa tumani Ma'muriy sudi tomonidan ko’rib chiqilib, sudning 24.07.2019 yildagi hal qiluv qarori bilan shikoyat arizasi asossiz bo’lganligi sababali qanoatlantirishdan rad etilgan.

         Shundan so’ng, Farg’ona viloyati fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbari Z.Ikromovning “Qo’shtepa tumani hokimining 20.01.2019 yildagi 91-sonli va 28.01.2019 yildagi 344-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida”gi da'vo arizasi Farg’ona viloyat Ma'muriy sudi apellyatsiyasida muhokama qilinib, unda sudning 18.09.2019 yildagi qarori bilan  Qo’shtepa tuman Ma'muriy sudning 24.07.2019 yildagi hal qiluv qarori o’zgarishsiz qoldirilib, apelatsiya shikoyati  qanoatlantirilmagan.

         Mazkur sudning hal qiluv qaroridan norozi bo’lgan Farg’ona viloyati  fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga 24.09.2019 yilda yo’llagan “Qo’shtepa tumani hokimining  20.01.2019 yildagi  91-sonli va 28.01.2019 yildagi 344-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida”gi 784-sonli shikoyat arizasi bo’yicha shu kunga qadar munosabat bildirilmagan. 

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.