Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“BESHKAPA” QABRISTONI OBODONLASHTIRILDI
2020-10-17 22:59:00 328
Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi Abduxoshim Axmadaliyevning tashabbusi bilan “Beshkapa” qabristonida hashar tashkil etildi.
Hashar davomida qabristonda qator obodonchilik va tozalash ishlari olib borildi. Qolaversa, qabriston yo’laklarini kechasi yoritish maqsadida yoritgich chiroqlari qo’yildi va ichimlik suvi ham tortib kelindi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun xomiylar tomonidan ajratilgan o’n bir million so’m sarflandi.
Qur'oni karimda marhamat qilinadi: “(Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir”.(Ar-roxmon, 26-oyat). Lekin bu foniy dunyodan o’tgan insondan uning o’chmas xotirasi, ezgu ishlari qoladi.
Shariatimiz ko’rsatmalariga ko’ra o’tganlarni qabrlarini ziyorat qilish, qabristonlarni ozoda saqlash sunnat amallardandir. Chunki Payg’ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: “Sizlarga qabrlar ziyoratini taqiqlagan edim. Mana endi qabrlarni ziyorat etavering, zero, u sizlarga oxiratni eslatadi” deganlar.
Alloh taolo o’tganlarimizning ruhlarini shod, qabrlarini purnur aylasin.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.