Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’Z BURCHINI UNUTGAN OTA

×

 2020-10-10 22:33:58    251

PDF yuklash
Chop etish


Farzand ota-onaning dilbandi, quvonchi va kelajagidir. Uning jismonan sog’lom va ma'naviy barkamol bo’lib voyaga yetishishi ota-onaning axil va inoq bo’lib yashashiga bog’liq. Afsuski oramizda shunday ota-onalar borki, o’z farzandining kelajagi, uning yurish turishi, kiyinishi va odobi haqida qayg’urishni unutib qo’ymoqdalar. Bunday ota-onalar farzandlarining taqdirini o’ylamay, hayotga yuzaki  qarab ajrashib ketmoqdalar.

Yana oramizda shunday bemehr otalar borki, ular o’z  farzandlarini oylab, xattoki, yillab ko’rmasdan, to’lanishi lozim bo’lgan nafaqa pullarini vaqtida to’lamasdan, jinoiy javobgarlikka tortilmoqdalar. Bunga biz bir nechta misollar keltirishimiz mumkin.

Voyaga yetmagan farzandiga nafaqa to’lash shart ekanligi O’zbekiston Respublikasi «Oila kodeksi»ning 96-moddasida belgilab qo’yilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib 474-modda qo’shildi. Ushbu moddaga asosan, moddiy yordamga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo’yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug’iga binoan undirilishi lozim bo’lgan mablag’ni, jami bo’lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to’lamaslik, - o’n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olish belgilangan.

Afsuski oramizda farzandlari uchun aliment to’lovini o’z vaqtida to’lamasdan kelayotgan otalar ham uchrab turibdi. Shunday bemehr otalardan biri, 1 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmagan D. Davlatovdir. Aliment pullarini o’z vaqtida to’lamagan fuqaro D.Davlatovga nisbatan, Qo’shtepa tuman ma'muriy sudining 08.07.2020 yil kungi qaroriga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qo’llanildi.

Sanjarbek Toshboltayev,

Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi boshlig’i.    

Insojon Domilayev,

Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi davlat ijrochisi.