Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN-QIZLARGA E'TIBOR
2020-10-08 16:45:24 255
Xotin-qizlarni jamiyatdagi mavqyeini oshirish va iqtidorli qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida, joriy yil respublika bo’yicha, OTMlarga kirish uchun qo’shimcha 4 foizli (940 nafar xotin-qizga) qabul kvotalari ajratilishi belgilangan edi.
Bunda asosan, kam ta'minlangan, ota-onasi vafot etgan, beva ayol farzandi bo’lgan, jismoniy imkoniyati cheklangan, doimiy uy-joyiga ega bo’lmagan oilalarda yashayotgan, oliy ma'lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi past bo’lgan hududlarda yashovchi xotin-qizlarga tanlov asosida oliy ta'lim muassasalariga kirishda qo’shimcha kvota ajratildi.
Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi, viloyat boshqarmalari hamda tuman bo’limlarida hududlar kesimida ishchi guruh tuzilib, grantlarga munosib nomzodlarni adolatli saralash ishlari olib borildi.
Oliy ta'lim uchun imtihon javoblari e'lon qilingach, Qo’shtepa tumanidan 3 nafar qiz - Shoxista Obidova, Dilnoza Xaydaraliyeva, Muazzam Sobirova Farg’ona Davlat universitetiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindilar.
Ushbu munosabat bilan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Yusupov, tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari B.Mo’minova, FarDU tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari E.Najmidinov, ushbu fakultetning kasaba uyushmasi raisi A.Ma'rupovlar talaba qizlarning xonadonlariga tashrif buyurdilar. Talaba qizlarga o’quv yurti rektori nomidan yuborilgan tabriknomalar va tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonidan tashkil etilgan sovg’a-salomlar topshirildi.
Qo’shtepalik talaba qizlar Yangi O’zbekistonni bunyod etishda Yurtboshimizga yelkadosh bo’lishga, kelgusida tuman rivojiga hissa qo’shadigan yetuk kadrlar bo’lib yetishishga va'da berdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.