Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPADA ANTISEPTIK VOSITALAR ISHLAB CHIQARILMOQDA
2020-10-07 19:25:26 227
Qo’shtepa tumanidagi "Olimjon Farm Medikal" mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan umumiy qiymati 3,2 mlrd. so’mga teng “Tibbiy antiseptik vositalar” loyihasi amalga oshirilgan.
Xozirda bir kunlik 5,0 tonna xom-ashyoni qayta ishlash quvvatiga ega loyiha to’liq ishga tushirilib, koronavirus pandemiyasi davrida talab ortgan antiseptika vositalarini tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Tayyor mahsulotlar 20 ming dona maxsus idishlarga qadoqlanib, tashkilot va korxonalarga yetkazib berilmoqda. Ishga tushirilgan ushbu loyiha tufayli 36 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, xozirgi pandemiya davrida ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlandi.
Kelgusida jamiyat tomonidan mahsulotlarni diversifikatsiyalash evaziga spirtli eritmalar va tabiiy giyohlardan damlamalar tayyorlash rejalashtirilgan.
Tuman hokimi I.Novikov, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev hamda tuman hokimining o’rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i X.Axmedovlar "Olimjon Farm Medikal" mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar hamda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Qo’shtepa tuman 1-sektor shtabi.