Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI «TEMIR DAFTAR»GA KIRITILGAN OILALAR BILAN SUHBATLASHDI

×

 2020-10-06 21:29:05    181

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan o’tkazilib kelinayotgan videoselektor yig’ilishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag’allikni qisqartirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Qo’shtepa tumanida ham Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qo’shtepa tumanidagi sektor rahbarlari tomonidan xonadonma-xonadon, odamlarning yashash turmush tarzi o’rganilib, yangi ish o’rinlari yaratish, aholining daromadlarini oshirish bo’yicha aniq yo’naltirilgan maqsadlarga erishilmoqda.

Bugungi kunda aholini kambag’allikdan chiqarish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, ko’mak yordamlari kambag’allikdan chiqarish uchun samarali natija bermaydi. Shuning uchun tumanda  sektormutasaddilarining sa'y-harakati bilan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning bir qismi ish bilan ta'minlangan bo’lsa, yana bir qismiga imtiyozli kredit hisobidan qo’y, parranda, asalari, tikuv mashinasi olib berilmoqda. Shuningdek, tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan issiqxona qurish hamda quyonchilik  uchun subsidiyalar ajratilmoqda. O’z navbatida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, doimiy daromad topishga harakat qilmoqdalar.

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ilyosbek Novikov Namuna, Qiyqi va Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi "Temir daftar"ga kiritilgan xonadonlarda bo’lib, ularga ko’rsatilgan ijtimoiy va moddiy ko’mak natijasida o’zlarining doimiy daromad manbaylariga ega bo’lganliklari bilan yaqindan tanishdi. "Temir daftar"ga kiritilgan  va daromad topishlari yo’lga qo’yilgan har bir oila vakillari bilan samimiy suhbatlashib, ularga o’zining maslahat va takliflarini berdi.

Qo’shtepa tuman 1 sektor shtabi.