Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi sessiyasi oldidan
2020-10-05 23:51:38 229
QO’SHTEPA TUMANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BO’YICHA KO’RSATKICHLAR TAHLILI
Muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida joriy yil 24 sentyabr kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlari natijasiga ko’ra 2019 yil yakunlariga ko’ra “qoniqarsiz” deb topilgan 33 ta tuman qatorida Qo’shtepa tumani ham qayd etilgan.
Buning sababi har bir yo’nalish kesimida tahlil qilinganida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha past ko’rsatkichlar qayd etilganligini ko’rishimiz mumkin.
Xususan, Iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik ko’rsatkichlari bo’yicha hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 2019 yilda 233.6 mlrd. so’mni tashkil qilib, aholi jon boshiga 1,2 mln so’mga to’g’ri kelgan bo’lsa, bu ko’rsatkich viloyat sanoatidagi ulushi 1,2 foizni tashkil etgan.
Mazkur yo’nalish bo’yicha birinchi navbatda dastlabki hisob-kitoblarimizga ko’ra, joriy yil yakunida tumandagi qiymati 331,6 mlrd.so’mlik 10 ta sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirilishi zarur.
Misol uchun: "Fergana Global textile" MCHJ korxonasining To’qimachilik klasterini tashkil etish (kalava ip, hom-ashyo, bo’yalgan mato, tayyor mahsulot) loyihasi joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi natijasida 2020 yilga 153 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi hamda yil yakuniga qadar 2000 ta va 2021 yilning 1-yarim yilligida yana 1000 ta jami 3000 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Bundan tashqari tumanda o’tgan 2019 yilda halq iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 108,6 foizga (151,0 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga 800 ming so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 2,4 foizni;
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 109,9 foizga (1344,8 mlrd.so’m) yoki aholi jon boshiga 7,1 mln. so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 6.9 foizni;
Xizmat ko’rsatish 102,4 foizga (165,5 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga 900 ming so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 1,5 foizni;
Chakana savdo 106,6 foizga (802,6 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga 4,2 mln. so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 5.9 foizni;
Kapital qo’yilmalar 129,2 foizga (228,8 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga 1,2 mln. so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 2,5 foizni;
Qurilish ishlari 104,2 foizga (180,8 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga 1,0 mln. so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 4,4 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, tumanda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida izchil islohatlar amalga oshirilmoqda.
O’tgan 2020 yilning 9 oyi davomida tumandagi tadbirkorlar bilan o’tkazilgan uchrashuvlarda qo’yilgan 173 ta turli yo’nalishlardagi masalalardan faqatgina 119 tasi yoki 68,8 foizi qanoatlantirilgan.
Tumanda 2019 yilda 228 ta sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan 233,6 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlaridan 4,6 foiz sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
Tumandagi mavjud tadbirkorlik sub'yektlarining 44 tasi bugungi kunda o’z faoliyatini to’xtatgan, buning asosiy sabablari korxonalarning aylanma mablag’lari yetarli emasligi, faoliyatini olib borish uchun korxonalarning o’z bino-inshoatlari yoki joylari yo’qligi, korxonalar tomonidan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmaganligi, ishlab chiqarilgan mahsulotlari uchun xaridor yo’qligi sababli ushbu korxonalar o’z faoliyatlarini to’xtatgan.
Ushbu korxonalarning faoliyatini tiklash yoki davom ettirish maqsadida tuman ishchi guruhi a'zolari tomonidan hozirda monitoring ishlari olib borilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sanoat va meva-sabzavot mahsulotlarni yetishtirishni ko’paytirish hamda ularni eksportga yo’naltirish bo’yicha yaratib berilayotgan sharoitlar bugungi kunda juda katta ahamiyatga ega.
Buni tumandagi barcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksport faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor va fermerlar ham tushunib yetmoqda. Bu esa yildan-yilga tumanda yetishtirilayotgan mahsulotlar eksport hajmini oshirishga imkon yaratadi.
Misol uchun o’tgan 2019 yilda 9,2 mln. dollarlik sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari chetga eksport qilindi. O’tgan yili tumandagi 14 ta tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tashqi savdo faoliyati amalga oshirilgan bo’lsa, 2020 yilning 9 oyida esa ushbu eksportyorlar soni 23 taga yetgan.
2020 yil uchun jami 9,1 mln. AQSh dollari eksport prognoz belgilangan bo’lib, amalda o’tgan 9 oyi davomida 11,6 mln. AQSh dollarlik mahsulotlarning eksporti amalga oshirilib, yillik rejaga nisbatan 128 foizga bajarildi.
Jumladan:
Qishloq xo’jalik mahsulotlari 8,6 mln AQSh dollari miqdorida prognoz belgilangan bo’lib, amalda 11 mln. AQSh dollarlik yoki rejaga nisbatan 128 foizga bajarildi.
Sanoat mahsulotlari 438 ming AQSh dollari miqdorida prognoz belgilangan bo’lib, amalda 580 ming AQSh dollari yoki rejaga nisbatan 132 foizga bajarildi.
Bundan tashqari yil yakuniga qadar yana qo’shimcha 2,5 mln. dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi belgilab olingan.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va diversifikatsiyasi ko’rsatkichlari yo’nalishi bo’yicha 2019 yilda qishloq xo’jaligida suvni tejash texnologiyalarini joriy etish bo’yicha 100 gektar yer maydoniga 10 ta qishloq xo’jaligi korxonalariga suvni tejash texnologiyalari joriy qilingan.
Joriy yilda jami 215 gektar (150 gektar bog’ maydonlarida, 3 nafar fermer xo’jaliklarining 65,0 gektar paxta maydonlarida) yer maydoniga suvni tejash texnologiyalari joriy qilindi.
2021 yilda jami 2 500 gektar shundan, 1 800 gektar paxta, 500 gektar bog’ va tokzorlar, 200 gektar g’alla va boshqa ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish belgilab olingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 may kunidagi “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4700-son Qarorining Qo’shtepa tumanida ijro etilishiga to’xtaladigan bo’lsak, kam ta'minlangan ishsiz oilalarni ish bilan ta'minlash maqsadida 14 gektar yer maydonida “Iqboljon Umidli yeri” ishlab chiqarish kooperativi tashkil etilib, 50 nafar kam ta'minlangan ishsiz, jumladan horijda ishlab kelgan fuqarolar ta'sischi a'zolar bo’lib kirishmoqda.
Tumanda qishloq xo’jaligida foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo’lgan yerlarni o’zlashtirish bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 3,5 kilometr masofadagi irrigatsiya tarmoqlarini rekonstrukiya qilish, 4 dona tik sug’orish quduqlari qazish va 1 dona sug’orish nasoslarini rekonstruksiya qilish orqali Solijonobod Maxmud, Aligavxarov Langar, Far Shaxartepa Shomirza hamda J.Jaxonov Do’rmon MMTP hududlaridagi jami 322 gektari qishloq xo’jaligida foydalanishdan chiqib ketgan yerlar foydalanishga kiritiladi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun hisob-kitoblarga ko’ra 2,0 mlrd.so’m mablag’ ajratilib, xozirda ushbu ob'yektlarning qurilish ishlari yakunlanmoqda.
Ushbu 322 gektar yer maydonlari o’zlashtirilishi natijasida 12,9 gektariga dukkakli ekinlar, 17,8 gektariga sabzavot, 45,9 gektariga poliz, 38 gektariga ozuqa ekinlari, 18 gektariga paxta, 88,3 gektariga sholi, 58,1 gektariga tut ko’chatlari hamda 42,6 gektariga boshqa ekinlar ekilishi hisobiga ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarga 1 gektargacha dehqon xo’jaligini yuritish uchun beriladi.
Bundan tashqari, tumanning Solijonobod Maxmud, Aligavxarov Langar MMTP hududlaridagi 310 gektar ekin yer maydonlari fermer xo’jaliklari tomonidan o’zlashtirilib, foydalanishga kiritildi. Ushbu yer maydonlarida kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarning bandligi ta'minlanib, ular tomonidan sholi va poliz ekinlari ekilib, mazkur oilalarning turmush sharoiti yaxshilanishiga erishildi.
Ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish sifat ko’rsatkichlari bo’yicha xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlik borasida asosiy kapitalga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 368,3 mlrd. so’mni tashkil etib, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 232,2 mlrd. so’mni (23 mln. AQSh dollari) tashkil etgan holda, umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 63 foizni tashkil etgan.
2020 yil yakuni bilan tumanda 421,2 mlrd. so’mlik jami investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan bo’lib, shundan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 280,8 mlrd. so’mni yoki 66,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma'lumotlarning ochiqligi ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan 2019 yilda Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan takroriy murojaatlar soni 3 tani tashkil etgan.
Shuningdek, joriy yilning o’tgan birinchi yarim yilligi davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual hamda Xalq qabulxonalaridan jami 2 ta takroriy murojaat kelib tushgan bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 1 taga kamayganligini ko’rishimiz mumkin. (2019 yilda 3 ta).
Xususan, kelib tushgan takroriy murojaatlarning asosiy qismi uy-joy ajratib berish va uy-joyini ta'mirlash masalalariga to’g’ri kelmoqda.
Shuningdek, 2019 yilda kelib tushgan jami 603 ta murojaatning 215 tasi yoki 35,6 foizi qanoatlantirilgan.
Bu borada joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida Prezident Virtual hamda Xalq qabulxonalaridan jami 288 ta murojaat kelib tushgan bo’lib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 185 taga yoki 60 foizga kamaygan. (2019 yilda 473 ta).
Ushbu kelib tushgan 288 ta murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ko’rib chiqilgan bo’lib, shundan 61,1 foizi qanoatlantirilgan. (2019 yilda 37 % qanoatlantirilgan).
Tuman sektor rahbarlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida qabul qilingan murojaatlar bilan ishlashda murojaatlarning aniq egalariga yo’naltirilishi, ijrosi doimiy nazoratga olinishi, natijasi muhokama qilinishi hamda takroriy murojaatlar bilan alohida ishlash tizimi yo’lga qo’yilishi natijasida, o’tgan yilning shu davriga nisbatan ijobiy o’zgarishlarga erishildi.
Qo’shtepa tumanida tadbirkorlik sub'yektlarini qo’llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tijorat banklari tomonidan 2019 yilda jami 983 ta sub'yektga 22,2 mlrd. so’mlik kredit mablag’lari ajratilgan bo’lsa, joriy yilning 9 oyi davomida 1014 ta sub'yektga 43,1 mlrd. so’mlik o’tgan yilga nisbatan 20,9 mlrd. yoki 2 barovarga ko’p kreditlar ajratilishiga erishildi.
Tumanda bugungi kunda 1 957 ta tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat yuritib, bu ko’rsatkich (2019 yilda 1 877 ta) 2019 yilga nisbatan 1,2 baravarga yoki, 2 440 taga yetkazish choralari ko’rilmoqda.
Tumanda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga nazar tashlaganimizda so’nggi 3 yilda tadbirkorlik sub'yektlari soni 833 taga ko’paygan, jumladan 2017 yilda 178 ta, 2018 yilda 182 ta, 2019 yilda 262 ta va joriy yilning 9 oyida 211 ta tadbirkorlik sub'yektlari davlat ro’yhatidan o’tib o’z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqdalar.
Bundan tashqari viloyat hokimligining 2020 yil 13 yanvardagi 18-01-50-sonli topshirig’iga asosan Qo’shtepa tumanida 2020 yil yakuniga qadar 265 ta yangi kichik biznes sub'yektlarini tashkil etish belgilangan bo’lib, bu bilan 2020 yil yakuniga qadar kichik biznes sub'yektlari soni 1 162 taga yetkazish bo’yicha barcha choralar ko’rilgan.
Tumanda hozirgi kunda 228 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda. 228 ta sanoat korxonalari yo’nalishlari bo’yicha quyidagicha;
Yengil sanoat yo’nalishi - 62 ta;
Qurilish-materiallari yo’nalishi - 30 ta;
Charm-poyabzal yo’nalishi - 9 ta;
Elektr-maishiy texnika yo’nalishi - 3 ta;
Oziq-ovqat yo’nalishi - 54 ta;
Tibbiyot yo’nalishi - 1 ta;
Mashinasozlik yo’nalishi - 1 ta;
Boshqa yo’nalishda - 68 tani tashkil etadi.
Muhtaram Prezidentimizning Farmon va qarorlari bilan tumanda faoliyat ko’rsatayotgan 970 dan ortiq tadbirkorlarga 5,7 mlrd. so’m soliq imtiyozlari berilganligi, 124 ta tadbirkorlarning 1,4 mlrd. so’m kredit qarzdorligi 6 oy muddatga uzaytirilganligi barcha tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar uchun juda katta yordam bo’ldi.
Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida bank kreditlari hisobidan moliyalashtirilgan 27 ta loyihalar to’liq ishga tushirish choralari ko’rilishi zarur.
Yuqoridagi holatlar, xato va kamchiliklar har bir yo’nalishlar bo’yicha birma-bir tahlil qilinib, quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:
Birinchidan, investitsiya loyihalari bo’yicha 2020 yilda 27 ta investitsiya loyihalari umumiy qiymati 421,2 mlrd. so’m bo’lgan, shundan o’z mablag’i 145,6 mlrd. so’m, bank krediti 8,7 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniyalari tomonidan 480 ming AQSh dollar, xorijiy investitsiya 26 mln. AQSh dollari o’zlashtirilishi natijasida 1301 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, sanoat yo’nalishida jami 10 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 396,1 mlrd. so’m, shundan o’z mablag’i 131,5 mlrd. so’m, bank krediti 2,5 mlrd. so’m, xorijiy investitsiya 26 mln. AQSh dollari) o’zlashtirilishi natijasida 1217 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Qishloq xo’jaligi yo’nalishida jami 11 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 14,9 mlrd. so’m, shundan o’z mablag’i 7,9 mlrd. so’m, bank krediti 3,8 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniya 320 ming AQSh dollar) o’zlashtirilishi natijasida 57 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Xizmat ko’rsatish yo’nalishida jami 6 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 10,1 mlrd. so’m, shundan o’z mablag’i 6,2 mlrd. so’m, bank krediti 2,3 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniya 160 ming AQSh dollar) o’zlashtirilishi natijasida 27 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Ikkinchidan, byudjet daromadlari bo’yicha tumanda 2020 yilda byudjet daromadlari bo’yicha 83,0 mlrd. so’mlik prognoz ko’rsatkichlari belgilangan bo’lib, yuqoridagi loyihalar hamda mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish natijasida yil yakuni bilan byudjetga jami 87,0 mlrd. so’m tushumlarni jalb qilib, belgilangan prognozni 104,8 foizga yoki 4,0 mlrd. so’m ortig’i bilan bajrilishi ta'minlanadi.
Joriy yilning 4-choragi uchun ya'ni oktyabr-dekabr oylari uchun belgilangan prognoz 25,6 mlrd. so’m bo’lib, yil yakuniga qadar 28,0 mlrd. so’mga yoki 4-chorak prognoz ko’rsatkichini 109,4 foizga bajarilishi ta'minlanadi.
Uchinchidan, tuman bo’yicha 2020 yil 1 oktyabr xolatiga ko’ra bo’sh turgan bino-inshoot va yer maydonlari mavjud 67 ta ob'yektdan 11 ta ob'yekt tarmoq jadvaliga asosan qurilishi va jihozlash ishlarini tamomlab, xozirda faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu ob'yektlarni ishga tushirish uchun jami 2,5 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi hamda buning natijasida 57 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Qolgan 56 ta ob'yektda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, belgilangan muddatda tarmoq jadvali asosida ishga tushirilmagan yoki obe'ktni ishga tushirish bo’yicha yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan 16 ta ob'yekt, mulkdorlarga va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan 14 ta ob'yekt, mulkdorlarga nisbatan ta'sirchan soliq mexanizmi qo’llanilgan 1 ta ob'yektda bo’sh turgan yoki foydalanilmayotgan ob'yektlarda qurilish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda. Bundan tashqari 25 ta obektlarda loyihalar amalga oshirilgan, hozirda ishga tushirilgan loyihalarning qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmoqda.
To’rtinchidan, joriy yilning 29 sentyabr kuni viloyat hokimi rahbarligida viloyat va tuman faollari bilan o’tkazilgan video selektor yig’ilishida 2020-2021 yillarda tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, kichik sanoat zonalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, bo’sh turgan ob'yektlarni salohiyatli xorijiy va mahalliy investorlarga berish orqali tumanda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va hududlardagi har bir sektor rahbari o’zining hududida “kichik sanoat zonasi”ni tashkil etish topshirig’i berilgan.
Bugungi kunda Qo’shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi 1007-sonli qaroriga asosan 1-sektor hududidagi Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 1,3 gektar yer maydonida kichik sanoat zonasi faoliyat yuritmoqda.
Mazkur kichik sanoat zonasida 10 ta lotlardagi umumiy qiymati 21,7 mlrd. so’m bo’lgan 7 ta loyihalar amalga oshirilishi va buning natijasida 415 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilmoqda. Ushbu loyihalarni amalga oshirish hisobiga tuman sanoatiga qo’shimcha 20,0 mlrd. so’mlik sanoat mahsulot ishlab chiqarish xajmi qo’shiladi.
Bundan tashqari Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining 2020 yil 19 maydagi 24-sonli bayoni bilan 3-sektor hududidagi Shomirza mahalla fuqarolar yig’inida 1,0 gektar yer maydonida yana bir kichik sanoat zonasi tashkil etildi.
Joriy yilning 29-sentyabr kuni viloyat hokimining videoselektor yig’ilishida bergan topshirig’iga muvofiq 2 hamda 4 sektorlar hududida kichik sanoat zonalari tashkil etish bo’yicha takliflarni viloyat hokimligiga taqdim etish belgilangan.
Ushbu topshiriqqa asosan 2-sektor hududidagi O’qchi mahalla fuqarolari yig’inida mahalliy hokimlik balansidagi foydalanilmayotgan bo’sh turgan 1,0 gektar maydonda hamda 4-sektor hududidagi Fayz mahalla fuqarolar yig’inidagi 0,85 gektar maydonlarda yangi kichik sanoat zonalari tashkil etish bo’yicha viloyat hokimligiga takliflar joriy yilning 2 oktyabr kuni taqdim etildi.
Mazkur tashkil etilgan hamda tashkil etilishi rejalashtirilgan 4 ta sektor hududidagi kichik sanoat zonalaridagi loyihalarni 2021 yilda ishga tushirilishi natijasida tumanning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko’rsatkichiga kamida 50,0 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari hamda 1000 nafarga yaqin yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Beshinchidan, tumanda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalarining elektr energiyasi tizimida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash shu kunga qadar muammo bo’lib kelayotgan edi.
Hozirda tumandagi Istiqbol mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 10000 kVatt transformator 16000 kVatt quvvatdagi transformatorga almashtirildi. Bugungi kunda transformator montaj ishlari olib borilmoqda.
Transformatorni ishga tushirish natijasida “Fergana Global textile” MCHJ hamda Olmazor qishlog’idagi “Agro max dolina” MCHJ, shu bilan birga Istiqbol, Do’rmon, Do’stlik, Xalqobod, Qorajiyda, Xo’jaqishloq mahalla fuqarolar yig’inliridagi 86 ta tadbirkorlik sub'yektlari hamda 12 377 ta aholi xonadonlari elektr ta'minoti mustahkamligi oshiriladi natijada 600 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda chet el investitsiyalarini keng jalb etish hisobiga sanoatdagi ulushini oshirish uchun faqat sanoat tarmog’i korxonalari uchun 18 km tabiiy gaz tarmog’ini tortish va yuqori kuchlanishli 110/6 kVli podstansiya qurish hamda 9 km tarmoq tortish uchun 9.1 mlrd. so’m mablag’lar o’zlashtirildi. Ushbu mablag’lar o’zlashtirilishi natijasida Qo’shtepa tumanini sanoatdagi ulushini yil yakuniga qadar sezilarli darajada o’sishi kutilmoqda.
Oltinchidan, tumanda 1000 gektar maydonda meva-sabzavotni rivojlantirish, jumladan 500 gektar yer maydonda zamonaviy plantatsiya usulida intensiv bog’ va 500 gektar maydonda sabzavotchilik-polizchilik klasteri tashkil etish belgilangan bo’lib, bugungi kunda yerlar tanlanib tijorat banklari bilan loyiha tashabbuskorlariga kredit ajratish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda. Buning natijasida ham 1000 nafar oilaning bandligi ta'minlanadi.
Muhtaram Yurtboshimizning joriy yil 18 maydagi “Tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4716-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi Solijonobod Maxmud muqobil MTP hududida 2020 yil 17 iyulda “Qo’shtepa sara quyonlari” quyonchilik yo’nalishidagi ishlab chiqarish kooperativi tashkil etildi.
Mazkur quyonchilik yo’nalishida kooperativ tashkil etish hisobidan 100 nafar “Temir daftar”ga kiritilgan kambag’al xonadonlardagi ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlanadi.
Bundan tashqari, hozirgi kunga qadar Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan Subsidiya asosida 125 ta xonadonlarga 375,0 mln. so’mlik issiqxonalar qurildi va subsidiya orqali naslli quyonlari tarqatish bo’yicha 50 ta “Temir daftar”ga kiritilgan xonadonlarning har biriga 8 donadan jami 400 bosh naslli quyonlar hamda 45 kunga yetadigan ozuqa yemlari yetkazib berildi.
Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish natijasida yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 341,2 mlrd. so’mga (115,0 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,8 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 2019 yilda 1,2 foizdan 2,0 foizga yetishi;
Investitsiyalar hajmi 255,0 mlrd. so’mga (111,5 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,3 mln so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 2019 yilda 2,5 foizdan 2,9 foizga yetishi;
Qurilish ishlarini 198,0 mlrd. so’mga (109,5 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,1 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 2019 yilda 4,4 foizdan 4,8 foizga yetishi;
Jami xizmatlar hajmini 185,5 mlrd. so’mga (103,5 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,0 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 2019 yilda 1,5 foizdan 1,6 foizga yetishi;
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1421,4 mlrd. so’mga (105,7 foizga) yoki aholi jon boshiga 7,5 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 2019 yilda 6,9 foizdan 7,5 foizga yetishi;
Chakana savdo 819,5 mlrd. so’mga (102,1 foizga) yoki aholi jon boshiga 4,3 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushi 2019 yilda 5,9 foizdan 6,2 foizga yetishi;
Eksport prognozini 13,0 mln. dollarga (141,3 foizga) yoki aholi jon boshiga 68,5 dollarga o’sishi ta'minlanadi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.