Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Mehnat yarmarkasi»da 111 kishi ish bilan ta'minlandi

×

 2020-10-02 19:32:33    323

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida bugun bo’sh ish o’rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Mazkur «Mehnat yarmarkasi» tumandagi 4 ta sektor rahbarlarining tashabbusi bilan o’tkazildi.

Mehnat yarmarkasida tuman hokimi I.Novikov, tuman prokurori M.Shomurodov, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev, tuman DSI boshlig’ining 1-o’rinbosari A.Xolboyev hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi Qo’shtepa tuman filiali mas'ullari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar, umumta'lim maktablarining bitiruvchilari qatnashdilar.

Shuningdek, mazkur “Mehnat yaramarka”sida tumandagi 85 ta korxonalar 320 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdilar.

  Ushbu yarmarkada 147 nafar fuqarolar qatnashgan bo’lsalar, ishlash istagida bo’lgan 121 nafari tegishli tartibda ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatga olinib, shu kunning o’zida doimiy hamda mavsumiy ish o’rinlariga ishga joylashtirish bo’yicha yo’llanmalar berildi. Ularning 111 nafari shu yerning o’zida ishga joylashtirildi.

  Qolgan 26 nafar fuqarolarga esa mehnat qonunchiligi, yangi tashkil etilgan va etilayotgan bo’sh ish o’rinlari, vakant ish o’rinlari to’g’risida hamda tijorat banklari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar tartibi va boshqa masalalarda tushuntirishlar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati