Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hokimining sayyor qabuli o’tkazildi

×

 2020-10-02 15:10:31    231

PDF yuklash
Chop etish


Har bir murojaat - e'tiborda

Bugun “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig’inida Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikovning sayyor qabuli o’tkazildi. Qabulda tumandagi tashkilot rahbarlari hamda mahallaning fuqarolari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ilyosbek Novikovning fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqoti chog’ida 11 nafar fuqarolar ishga joylashish, bankdan imtiyozli kredit olish, ichimlik suvi ta'minotidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish, internet sifatini yaxshilash uchun shisha tolali tarmoq tortish va boshqa o’zlarini qiynayotgan masalalar bo’yicha murojaat qilishdi.

Fuqarolarning arzi-hollari tuman hokimi tomonidan diqqat bilan tinglanib, bu holatlar masalaga daxldor rahbarlar ishtirokida chuqur tahlil qilindi va muammolarni bartaraf etish choralari ko’rildi.

E'tiborli jihati shundaki, aksariyat murojaatlarda keltirilgan muammolar joyida hal etilib, murojaatchining talabi qondirildi. Ma'lum muddat, ya'ni atroflicha o’rganish taqozo etiladigan murojaatlar bo’yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar, murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati