Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«Avto 60 oy» ishi bo’yicha sud jarayonlari Farg’ona viloyatida davom ettiriladi
2020-09-23 11:05:07 210
«Avto 60 oy» ishi bo’yicha sud jarayonlari hududlarda bo’lib o’tayotgani haqida xabar berilgan edi. Chilonzor tuman sudining xabar qilishicha, sud Andijon viloyatidagi 650 nafar jabrlanuvchini so’roq qilib, viloyatdagi o’z ishini yakunladi. Navbatdagi sud jarayonlari Farg’ona viloyatida davom ettiriladi.
Unda jinoyat ishining Farg’ona viloyatidan bo’lgan jabrlanuvchilarning ko’rsatmalari tinglanadi. Viloyatdagi jami 1918 nafar jabrlanuvchilar 2020 yilning 21-26 sentyabr kunlari soat 09:30 dan 16:30 gacha jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona viloyat sudi binosi (Farg’ona viloyati, Farg’ona shahri, Sohibqiron Temur ko’chasi)ga kelishlari so’ralmoqda.
Eslatib o’tamiz, «Avto 60 oy» MCHJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2019 yil 12 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi (pul mablag’larini va/yoki boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan edi. Ushbu jinoyat ishi bilan bog’liq tergov harakatlari 2 iyun kuni yakunlandi.
Tergov materiallariga ko’ra, «Avto 60 oy» MCHJ vakillari fuqarolarga UzAuto Motors avtomobillarini dastlabki to’lov va foizlarsiz bo’lib to’lashga sotib olishni taklif qilib, 19,3 ming mijoz bilan shartnoma tuzib, ularning 54,3 milliard so’m miqdoridagi mablag’larini jalb qilgan. Yetkazilgan moddiy zararning 36,8 milliard so’mi tergov davomida qoplangan.
5 avgust kuni «Avto 60 oy» MCHJ mansabdorlariga nisbatan qo’zg’atilgan jinoyat ishi bo’yicha sud ishi boshlandi.