Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Har bir fuqaro ish bilan band bo’lsa albatta kambag’allik kamayadi

×

 2020-09-22 15:19:37    145

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirus pandemiyasi davrida Qo’shtepa tumanida aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, kambag’allikni qisqartirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahallalarda kambag’allikni qisqartirish bo’yicha sektorlar tomonidan olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar bugungi kunda yaxshi samara bermoqda.

Buni tumandagi 4 ta sektor faoliyati davomida amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham ko’rish mumkin. Chunki, tumanda “Temir daftar”ga ro’yxatga olingan oilalarga yaqindan yordam ko’rsatilib, ushbu oilalarning moddiy ahvolini tiklash borasida amaliy harakatlar olib borilmoqda.

Ammo, “qo’ldan berganga qush to’ymas” deganlaridek, vaqti bilan ko’rsatiladigan xayriya, muruvvat yordami muhtojlikka barham berishning asosiy yo’li emas. Shu bois tuman hokimi I.Novikov boshchiligida sektor rahbarlari bilan hamkorlikda kambag’allikni kamaytirishning samarali yo’li bo’lgan odamlarni ishli qilish, ularning daromad topishlariga imkoniyat yaratib berishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Tuman hokimi I.Novikov rahbarligidagi 1-sektor hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig’inlarida aholini kambag’allikdan chiqarish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda sektor rahbari I.Novikovning tashabbusi bilan 1-sektor shtabi "Temir daftari"ga kiritilgan oilalarni doimiy daromad manbaiga ega bo’lishlari hamda ularni kambag’allikdan chiqishlariga ko’maklashish maqsadida, tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan subsidiya asosida 1 sotixli issiqxonalar qurib berildi.

Natijada, Karnaychi mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi E.Shomirov, Namuna mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi Sh.Bo’ronov va F.Sultonov, Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi M.Xusanov va M.Boltaboyeva, Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi Z.Tojinorova va O.Soliyev, Istiqbol mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi S.Aybasheva va S.Po’latova hamda Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi Q.Normatovalarning uyda bandligi ta'minlandi. 

Sektor hududida amalga oshirilayotgan bunday ishlar kambag’al oilalarni kambag’allikdan chiqarish, ularga hyech kimdan kam bo’lmagan munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati