Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

19 sentyabr - “Butunjahon tozalik kuni"

×

 2020-09-19 20:48:06    161

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimiz ozodaligiga barchamiz mas'ulmiz!

Qo’shtepa tumanida “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan “Biz tozalik uchun javobgarmiz!” shiori ostida ekologik aksiya bo’lib o’tdi.

Aksiyada O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashining yetakchilari, “Toza hudud” DUK tuman filiali va obodonlashtirish bo’limi xodimlari, O’zbekiston ekologik partiyasi tuman Kengashi xodimlari hamda Atrof-muhitni muhofaza qilish, ko’cha va xiyobonlar, aholi turar joylari, mahalla va guzarlarni obodonlashtirishga xissa qo’shish istagidagi barcha yoshdagi ko’ngillilardan iborat 100 nafardan ziyod ishtirokchilar tumanimizda olib borilgan obodonlashtirish ishlariga o’z hissalarini qo’shib, faol ishtirok etdilar.

Aksiya tumandagi Dehqon bozori, tibbiyot birlashmasi va birlashmaga qarashli barcha shifoxonalarda, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida, markaziy va ichki ko’chalarda hamda barcha korxona va tashkilotlarda bo’lib o’tdi.

Aksiya davomida hosil bo’lgan chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqib ketish uchun 9 ta maxsus texnikalar hamda aksiya ishtirokchilarini sog’ligini nazorat qilib borish maqsadida 1 dona tez tibbiy yordam mashinasi jalb qilindi. 

Tadbir davomida hosil bo’lgan 21 tonna chiqindilar markaziy chiqindixonaga olib borib joylashtirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.