Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda
2020-09-18 14:21:34 225
Bugun xalqimiz farovonligi, yurtimiz xotirjamligi yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar tobora keng ko’lam va miqyos kasb etib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, sektorlar hududida ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o’rganish, mavjud muammolarni hal etish yo’lida ko’plab ishlar qilinmoqda. Xususan, Qo’shtepa tumani prokurori M.Shomurodov rahbarlik qilayotgan 3-sektorda olib borilayotgan ishlar ham e'tirofga loyiq.
Tuman prokuraturasi, 2-sektor shtabi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4102-sonli Qarorining ijrosini so’zsiz va sifatli ta'minlash borasida 2020 yilning 8 oyida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Sektor hududida 13 ta mahalla bo’lib, ularda 54 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shuncha inson yashagach, muammolar ham, murojaatlar ham shunga yarasha bo’lishi tabiiy. Qolaversa, har kim ham o’z muammosini aytib, yordam so’rayvermaydi. Shu bois sektor rahbari boshchiligida sayyor qabullar o’tkazish, ishchi guruh tomonidan uyma-uy yurish orqali aholi turmush sharoitini o’rganish, muammolarini hal etish kabi ishlar muntazam yo’lga qo’yilgan. O’tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar aniqlanib, mazkur masalalar bo’yicha tegishli choralar ko’rilib, muammolar ijobiy hal qilinmoqda.
Masalan, uyma-uy yurish jarayonida Xumdon mahalla fuqarlar yig’inida 3-7 yoshdagi 270 nafar bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasiga extiyoji mavjudligi aniqlangan.
2-sektor rahbari M.Shomurodovning tashabbusi bilan Qo’shtepa tumani hokimining 25.02.2019 yildagi № 665-sonli qaroriga asosan Xumdon MFY hududida 140 o’rinli 45-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyati yo’lga qo’yildi.
2020 yilning 8 oyi davomida 2-sektor rahbari tomonidan 15 ta sayyor qabullar o’tkazilib, 182 ta muammolar aniqlangan bo’lsa, shundan 162 ta muammo ijobiy hal etilib, 20 tasi sektor “yo’l haritasi”ga kiritilib, nazoratga olingan.
Misol uchun, 2020 yilning fevral oyida “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro F.Bakirova issiqxona qurish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berishni so’rab murojaat qilgan edi. F.Bakirovaga tuman aholi banligiga ko’maklashish markazi mablag’lari hisobidan 2 mln. 230 ming so’m miqdorida subsidiya mablag’lari ajratib berildi.
Bundan tashqari, “O’rta O’qchi” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Nazirova tuman tibbiyot birlashmasining ijtimoiy bo’limiga ishga joylashtirildi.
Joriy yilning o’tgan 8 oyi davrida pandemiya ta'siri ostida 474 ta oila daromadsiz qolgan bo’lib, ushbu oilalar ehtiyojmand oila sifatida ro’yxatga olingan. Ushbu oilalar “temir daftar”ga va “xonadon daftarlari”ga qayd etilib, amalga oshirilgan kunlik ma'lumotlar “sahovat.argos.uz” axborot tizimiga elektron shaklda kiritib borilmoqda.
474 ta ehtiyojmand oilaning barchasiga jami 868 ta turli xildagi yordamlar ko’rsatilib, 443 ta ehtiyojmand oilaning 510 nafar a'zosi ish bilan ta'minlandi.
Misol uchun, “Eshonguzar” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi A.Xaydarov “Ipakchilar” ko’chasida joylashgan qabristonga doimiy ravishda qorovul sifatida ishga qabul qilingan bo’lsa, “O’qchi” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi M.Badalov ham “Sardoba ko’za plaz” xususiy korxonasiga qorovul sifatida ishga joylashtirildi.
Shu bilan birga, “Kattaboltako’l” MFYda istiqomat qiluvchi N.Sattorova “Fayzli Fotimaxon Xakimova” fermer xo’jaligiga, “Qoraqushchi” MFYda istiqomat qiluvchi O.Alijonov “Qo’shtepa naslli quyonlari” agro firmasining qurilish bo’limiga ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarning 52 tasiga 12.376.000 so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 5 ta oilaga 750 ming so’m naqd pul, 14 ta oilaga 1.281.075 so’mlik dori-darmon vositalari, 10 ta oilaga 12.590.000 so’mlik chorva (3 ta qo’y, 40 ta tovuq) yetkazib berilgan bo’lsa, 10 ta oilaning 250 ming so’mlik kommunal to’lov qarzdorligi to’lab berildi.
Shuningdek, tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi mablag’lari hisobidan 22 ta oilalarning 19 nafariga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berildi hamda 3 nafar oilalarga sug’orish vositalari uchun jami 79.600 ming so’mlik subsidiya mablag’lari ajratildi.
245 nafar ehtiyojmand oilalarga fermer xo’jaliklaridan 91 gektar yer maydoni ajratilib, xar bir oilaga takroriy ekin ekish uchun 0,40 sotixdan bo’lib berildi. Ushbu yer maydonlari fermer xo’jaliklari tomonidan qayta shudgor qilinib, ehtiyojmand oilalarning ekinlari ekib berildi.
Joriy yilning 8 oyi davomida o’rganilgan 81 ta ijtimoiy soha ob'yektlarida aniqlangan 45 ta muammoning 30 tasi (60.0 foizi) bartaraf etilib, bartaraf etishni imkoni bo’lmagan muammoalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda xatlar kiritilgan.
Masalan, O’qchi va Katta Beshkapa MFYlaridan o’tuvchi markaziy yo’lning 5 killometrlik qismiga hamda shu yo’lning piyodalar yo’lagiga shag’al yotqizilib, asfaltlashtirildi.
Shu bilan birga, 2-sektor rahbarining tashabbusi bilan O’qchi mahalla fuqarolar yig’inidagi “Osuda” ko’chasiga (600 metr), Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig’inidagi “Turon” ko’chasining 200 metr qismiga xomiylar tomonidan shag’al yotqizilib, asfalt qilib berildi.
Bundan tashqari Katta beshkapa, Eshonguzar, Sarmozor, Balandmasjid, Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inlarida elektr energiyasi bilan bog’liq muammolar ham hal etildi.
Prokuror tashabbusi bilan aholini ish bilan ta'minlash maqsadida joriy yilning o’tgan davrida 4 marta mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 45 dan ortiq fuqarolarning ish bilan taminlanishiga erishildi.
Sektorda tabiiy gaz ta'minoti qoniqarsiz deb topilgan hududlardagi 1902 ta xonadonga suyultirilgan gaz baloni tarqatildi.
Ichimlik suvi muammolarini bartaraf qilish yuzasidan 2020 yilning 7 oyida sektor rahbari tomonidan 2,2 km. toza ichimlik suvi quvurlari tortilib, 4 ta suv nasosi va 2 ta suv minorasi ta'mirdan chiqarilgan va 350 dan ortiq xonadonlarning ichimlik suvi ta'minoti yaxshilangan.
Joriy yil 11 mart kuni tumandagi 3-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida o’tkazilgan “Prokuror va Yoshlar” uchrashuvida yoshlardan kelib tushgan 12 ta murojaat va takliflar qisqa muddatda ijobiy hal etilgan.
Bundan tashqari, sektor xududida faoliyat yuritayotgan 350 dan ortiq tadbirkorlik sub'yetlarining muammolarini joyiga chiqqan holda o’rganish maqsadida ishchi guruh bilan sektor rahbari boshchiligida Eksport prognozi ijrosini ta'minlash, eksportyorlarni qo’llab quvvatlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jinoyatchilikka qarshi kurashishni tashkil etishda asosiy e'tibor uning oqibatlari bilan kurashishga emas, balki jinoyatning sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etishga qaratilmoqda.
Shu maqsadda, har payshanba kuni huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlari olib borilmoqda.
Joriy yilning o’tgan davrida prokuror sektorida 55 marotaba profilaktika tadbiri amalga oshirilib, olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida sektor hududida umumiy jinoyatchilikni sezilarli darajada kamayishiga erishildi.
Hozirda 2-sektorda aholi muammolarini o’rganish va ularni ijobiy hal etish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati