Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Rasmiy munosabat
2020-09-18 11:45:44 240
“Farg’ona” telekanalining 14 sentyabrdagi “Farg’ona 24” axborot dasturida respublika miqyosida joriy yil 14 sentyabrdan ayrim maktablarda an'anaviy ta'lim jarayonlari boshlanganiga qaramay, Qo’shtepa tumanidagi 18-maktabga va sinflarga kiraverishda xlorli to’shamalar to’shalmagani, dezinfeksiya burchaklari to’liq jihozlanmagani yoki nomigagina jihozlangani, qo’l chayish uchun suv qo’yilmagani, sovunlar yetarli emasligi, zahira niqoblar yo’qligi, tibbiyot xonalari talabga javob bermasligi bilan bog’liq holatlar tanqid ostiga olingan edi.
Axborot dasturida aytilgan kamchiliklar tuman hokimligi, tuman xalq ta'limi bo’limi va tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan atroflicha o’rganildi.
Xozirda ushbu kamchiliklar bartaraf etilib, nafaqat 18-umumta'lim maktabida, qolaversa, Qo’shtepa tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli barcha umumta'lim maktablarida sinflarga kiraverishda suyultirilgan xlorli vositalar qo’yilgan. Dezinfeksiya burchaklari to’liq jihozlanib, qo’l chayish uchun maktab hududining kirish qismiga suv quyish moslamalari o’rnatilib, qo’l yuvish uchun sovunlar, virusga qarshi himoya vositalari, zahira niqoblari hamda tibbiyot xonalari kerakli dori-darmonlar bilan ta'minlanib, talab darajasiga keltirilganligini ma'lum qilamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati