Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUHTOJ OILALARGA MODDIY YORDAM PULLARI TARQATILDI

×

 2020-09-17 21:26:32    301

PDF yuklash
Chop etish


 Joriy yilning 26 avgust kungi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarori asosida bugun ham Qo’shtepa tumanida moddiy yordamga muhtoj (“temir daftar”ga kiritilgan) oilalarning 16 yoshga to’lmagan farzandlariga 500 ming so’mdan pul tarqatildi.

Tuman hokimligi, sektorlar hamda mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, jamoatchilik vakillari, ushbu mablag’larni tarqatishda bevosita bosh-qosh bo’lishmoqda. Yordam pullari Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki Qo’shtepa filiali kassirlari tomonidan sanitariya talablariga rioya qilingan holda, ro’yxat asosida o’z egalariga topshirilmoqda.

Xususan bugun, tuman hokimi I.Novikov rahbarligidagi 1-sektor hududidagi G’ishtmon, Qayrag’och, Nurafshon, Yo’ldoshobod, Oqtepa hamda Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi 154 ta oilalarning 311 nafari uchun 155 mln 500 so’m naqd pul ko’rinishidagi bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

Yordam pullarini olayotgan ota-onalar og’ir damlarda g’amxo’rlik va e'tibor ko’rsatayotganliklari uchun davlatimiz rahbari Prezidentimizga o’z minnadorchiliklarini izhor etmoqdalar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.