Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YORDAM PULLARI O’Z EGALARIGA YETIB BORMOQDA

×

 2020-09-17 18:02:15    248

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yurtimizda pandemik vaziyatni bartaraf etish uchun qaror-farmonlar imzolanmoqda. Mazkur hujjatlarning tub mohiyatida inson taqdiri, uning turmush tarzini himoya qilish kabi jihatlar yotibdi. Muhtaram yurtboshimizning “Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ham qiynalgan odamlar qalbiga umid, shukronalik tuyg’ularini olib kirdi.

Qo’shtepa tumanida mazkur qaror ijrosini ta'minlash, nogironligi bo’lgan 16 yoshga to’lmagan bolalarga, boquvchisini yo’qotgan oilaning 16 yoshgacha bo’lgan farzandlariga, “temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand va ko’makka muhtoj oilalarning 16 yoshga to’lmagan bolalari uchun ajratilgan moddiy yordam mablag’larini berish davom etmoqda.

Bugun ham tumanimizdagi 4 ta sektor shtablari "Temir daftari"ga kiritilgan oilalarning 16 yoshga to’lmagan har bir farzadlari uchun 500 ming so’mdan bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

Xususan, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev rahbarligidagi 3-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida ham «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 16 yoshga to’lmagan bolalari uchun moddiy yordam mablag’lari tarqatilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.