Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Foto: San'atkorlar - Qo’shtepada hasharda

×

 2020-09-17 17:29:50    124

PDF yuklash
Chop etish


Foto: San'atkorlar - Qo’shtepada hasharda (Izoh: hashar davomida videoreportaj ham tayyorlanganligi tufayli san'atkorlar tibbiy niqobdan vaqtincha foydalanmadilar)

Butun dunyo tojdor virusning iskanjasida turgan og’ir kunlarda ham tumanimiz dehqonlari va fermerlari o’zlarining bunyodkorligini, yaratuvchanligini yo’qotmasdan dalada mehnat qildilar. Bu yilgi og’ir sharoitda ham pillamiz, g’allamiz, paxtamiz mo’l-ko’l bo’ldi.

Ayni kunlarda tumanimizda paxta yig’im-terim mavsumi nihoyatda hamjihatlikda olib borilmoqda. Dehqonlarimizning yil davomida qilgan mashaqqatli va sharafli mehnatlari hisobiga dalalarimizda mo’l hosil yaratildi. Paxtazorga boqar ekanmiz, g’o’za maydonlarining yashil tusdan oqlikka burkanib, go’yoki tovlanib, o’z jozibasi bilan barchamizni dalaga chorlayotganiga guvoh bo’lamiz.

Paxta mavsumida o’zgacha an'anamiz bor. Umuman dehqonchilikka aloqasi bo’lmagan kishilar ham ushbu mavsumda tanish-bilish paxtakor-dehqonlarga, fermerlarga birrov "Horma, bor bo’l!” qilishga intilishadi. Bu mavsumda beliga etak boylab dalaga chiqqan har bir kishining dilini bir ezgu niyat band etadi: tezroq paxta hosilini nest-nobud qilmay yig’im-terib olish, yurtimizdagi ulkan paxta xirmonini bunyod etishga hissa qo’shish.

“O’zbekkonsert” davlat muassasasi Farg’ona viloyat bo’limi hamda tuman madaniyat bo’limi bilan hamkorlikda, bugun aynan "Horma, bor bo’l!” an'anasi davom ettirildi.

Go’zal Farg’onamizning san'atkorlari erta tongda Oqtepa MFY hududidagi “Sherzodbek” fermer ho’jaligining paxta dalasiga yetib keldilar. Ular el suygan san'atkor Otabek Muhammadzohid boshchiligida paxta terimiga astoydil kirishdilar.

San'atkorlar Otabek Muhammadzohid, Xumora Shokirova, Gulira'no Umarxo’jayeva, Moxizar Nomonjonova, Dilafruz Abdurazzoqova, Azizbek Shermatov, Oybek Xolboyev hamda so’z ustasi “Dizayn” jamoasi a'zosi Elmurod Xaqnazarovlar bellariga etak bog’lab, karantin qoidasiga amal qilgan xolda o’zaro bellashdilar. 

San'atkor va ijodkorlar davrasi o’zgacha fayzli bo’ladi-da. Bir tomonda “O’zbekkonsert” davlat muassasasi Farg’ona viloyat bo’limining ijodiy jamoasi s'yomkani boshlab, san'atkorlarni birma-bir savollarga tutib yubordilar. Bir tomonda Otabek Muhammadzohid sho’x-sho’x qo’shiqlarni hirgoyi qila boshladi. Qo’shiqdan ilhomlangan san'atkor ayollar dala o’rtasida raqsga ham tushdilar. Tuman madaniyat bo’limi xofizi Saydvali Azimovning jonli ovozda kuylagan qo’shiqlari ham dillarni xushnud ayladi.

San'atkorlarimiz xush kayfiyatla paxta terib, fermer xo’jaligining paxta dalalaridagi oq oltinni terib olishda yordam berdilar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati