Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand aholini qo’llab-quvvatlash xalqimizga xos fazilatdir
2020-09-16 22:40:19 223
Xayr va saxovat, ya'ni muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zish, insonparvarlik har bir shaxs uchun eng oliy sifatlardan biri hisoblanadi. Qadimdan mehr-oqibatli bo’lgan xalqimiz bugun ham ana shu muazzam qadriyatini yana bir bor barchaga namoyon qilmoqda. Ayniqsa, bunday go’zal sifatlar bashariyatni qamrab olgan tojsimon virusga qarshi kurash davrida aks etayotgani quvonarlidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yurtimizda pandemik vaziyatni bartaraf etish uchun qaror-farmonlar imzolanmoqda. Mazkur hujjatlarning tub mohiyatida inson taqdiri, uning turmush tarzini himoya qilish kabi jihatlar yotibdi. Muhtaram yurtboshimizning “Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ham qiynalgan odamlar qalbiga umid, shukronalik tuyg’ularini olib kirdi.
Qo’shtepa tumanida mazkur qaror ijrosini ta'minlash, nogironligi bo’lgan 16 yoshga to’lmagan bolalarga, boquvchisini yo’qotgan oilaning 16 yoshgacha bo’lgan farzandlariga, “temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand va ko’makka muhtoj oilalarning 16 yoshga to’lmagan bolalari uchun ajratilgan moddiy yordam mablag’larini berish davom etmoqda.
Bugun ham tumanimizdagi 4 ta sektor shtablari "Temir daftari"ga kiritilgan oilalarning 16 yoshga to’lmagan har bir farzadlari uchun 500 ming so’mdan bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.
Xususan, tuman hokimi I.Novikov rahbarligidagi 1-sektor hududidagi Istiqbol, Qumtepa, Qamishtepa, Qizilariq hamda Namuna mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi 115 ta oilalarning 222 nafari uchun 111 mln so’m bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.
- Mehr, saxovat yo’lida tashabbus ko’rsatib kelayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz, - deydi Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilayotgan Z.Rahmatova. -Voyaga yetmagan farzandlarim uchun bir martalik moddiy yordam ko’rsatildi. Bu mablag’larni farzandlarim ehtiyoji uchun sarflayman.
Ha, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunday xayr-u saxovatlar pandemiya davrida qiynalgan odamlar qalbiga umid va shukronalik tuyg’ularini olib kirmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.