Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hokim qabuli: aholi manfaatlari doimiy e'tiborda

×

 2020-09-15 22:11:15    270

PDF yuklash
Chop etish


Haftaning har seyshanba kuni tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi I.Novikov boshchiligida fuqarolarning qabullari o’tkazilmoqda. Qabul chog’ida fuqarolar turli shikoyat, ariza, muammo, chigal vaziyatlar bo’yicha murojaat qilishmoqda. Tuman hokimining o’rinbosarlari, tumandagi turli korxona, tashkilot rahbarlari ishtirokida o’tgan bu qabulda fuqarolar o’zlarini tashvishlantirayotgan muammolar bo’yicha murojaat qilishdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, bandlik, ko’chalarni asfalt qilish, ichimlik suvi tortish, simyog’och o’rnatish va boshqa masalalarga oid 30 dan ziyod muammolar aytildi. Qabul chog’ida fuqarolarning muammolari birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo’naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati