Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUDLAR FAOLIYATIGA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YANADA KENG JORIY ETILADI

×

 2020-09-11 12:52:59    255

PDF yuklash
Chop etish


So’nggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga o’z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash imkonini berdi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 avgustdagi PQ-3250-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 - 2020  yillarda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturining ijrosi natijasida sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish, sudyalar o’rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini Internet tarmog’ida e'lon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish tizimlari joriy etildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda sudlarda ishlarni ko’rishda ko’pgina vazirlik va idoralar bilan ma'lumot almashinuvi ularning axborot tizimlari o’zaro integratsiya qilinmaganligi sababli asosan qog’oz shaklida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, sudlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish bo’yicha ishlarni jadallashtirish hozirgi zamonaviy texnologiyalar rivojlangan davrning talabi.

Shu sababli, sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar o’rtasida ma'lumot almashinuvini yaxshilash, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-6034-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 3 sentyabr kuni “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4818-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga ko’rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, har bir murojaatni ko’rib chiqish jarayonining onlayn kuzatib borilishini ta'minlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish; sudlarda odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta'minlash uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan elektron ma'lumotlar almashinuvini yanada kengaytirish; maxsus axborot dasturlarini joriy etish orqali sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash; sud majlislarida masofadan turib, jumladan mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek ish bo’yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish; sudning axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlari axborot va kiberxavfsizligini ta'minlash, xizmat axborotlari va ma'lumotlarini kompleks himoya qilish bo’yicha choralarni kuchaytirish sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishning keyingi bosqichdagi vazifalari etib belgilandi.

Shuningdek, 2020 ― 2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi hamda sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo’yicha «Yo’l xaritasi» tasdiqlandi.

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da'vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish; manfaatdor shaxslar tomonidan da'vo, ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish; sud majlisi ishtirokchilari tomonidan ma'lumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuborish; sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish imkoniyatlarini beruvchi «Adolat» axborot tizimlari kompleksi joriy etilishi belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudiga 2020 yil yakuniga qadar sud majlislarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkonini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda jazoni ijro etish muassasalarida maxsus xonalarni mahbuslarning sud majlislarida va sud rahbariyati qabullarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishlari imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlash choralarini ko’rish vazifasi yuklatildi.

Xulosa qilib aytganda, sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga o’z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash imkonini beradi.

Avazjon Ergashev,

jinoyat ishlari bo’yicha

Qo’shtepa tuman sudining raisi.