Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Dolzarb masalalar muhokama markazida

×

 2020-09-09 18:05:20    192

PDF yuklash
Chop etish


Bugun oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining o’n sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi I.Novikov raislik qildi.

Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov, tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, maktab direktorlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyada eng avvalo “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 28 avgust kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida umumiy o’rta ta'lim muassasalarida o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosi yuzasidan hududlardagi epidemiologik vaziyat va sharoitdan kelib chiqib, maktablar faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida maktablarni sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta'minlash, dezinfeksiya ishlarini tashkil etish, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida”gi masala ko’rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan dastlab Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning  axboroti tinglandi. 

- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 28 avgust kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida umumiy o’rta ta'lim muassasalarida o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha muhim vazifalar belgilab berildi, - deydi tuman hokimi I.Novikov o’z ma'ruzasida. - Xususan, videoselektor yig’ilishida pandemiya sharoitida ta'lim jarayonini tashkil etish bo’yicha dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilinib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o’z hududidagi epidemiologik vaziyat va sharoitdan kelib chiqib, maktablar faoliyatini yo’lga qo’yish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilish tavsiya etildi.

Shu sababli, sektor rahbarlari, xalq ta'limi bo’limi mudiri, tibbiyot birlashmasi hamda sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh shifokorlarining maktablarni sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta'minlash, dezinfeksiya ishlarini tashkil etish, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik holati yuzasidan axborotlarini eshitish, muhokama qilish va maktablar faoliyatini tiklash bo’yicha yakuniy qarorlarni qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Tuman hokimining axborotidan so’ng sessiya kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan 2-sektor rahbari, tuman prokurori M.Shomurodov, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i S.Abdullayev,  4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i v.b A.Xolboyev,  tuman xalq ta'limi bo’limi mudiri O.Dehqonov, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i O.Murodov, tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh shifokori I.Madumarovlarning axborotlari ham tinglandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan bo’lgan muzokaralarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov, tuman Kengashi deputati A.Nabiyev, “Istiqbol yo’li” gazetasi bosh muharriri U.Xudoyberganova va maktab direktorlari so’zga chiqdilar.

Sessiya davomida boshqa masalalar ham ko’rilib, kun tartibidagi muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati