Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
12 nafar mahkum muddatidan oldin jazodan ozod qilindi
2020-08-29 14:03:07 198
Mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ularni axloqan tuzatish bo’yicha tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Farg’ona viloyatida ham kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda tashkil etilgan probatsiya xizmatlarining hududiy bo’limlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda shartli hukm qilingan va jazoni o’tash muddatidan oldin shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan ta'sirchan nazoratni amalga oshirish, nazorat ostidagilar, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy moslashuvi va ishga joylashishiga, shu jumladan, ularning kasbiy tayyorgarligi bo’yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil 28 avgust kuni jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi tomonidan o’tkazilgan ochiq sud majlisida tuman IIO Probatsiya guruhining 12 nafar mahkumlarini sud tomonidan tayinlangan jazolarni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi taqdimnomalari ko’rib chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yillik bayrami arafasida axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini o’tayotgan 12 nafar mahkumlar, jazoni o’tash davrida belgilangan tartib-qoidalarga to’liq rioya qilganliklari va qilmishlaridan chin ko’ngildan pushaymonligi sababli, insonparvarlik prinsiplari asosida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindilar.
Sud jarayonida jazodan ozod qilingan mahkumlarga kelgusidagi huquq va majburiyatlari batafsil tushuntirildi.
Avazjon Ergashev,
jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi raisi.