Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Insonparvarlikning yuksak namunasi

×

 2020-08-28 16:20:22    186

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Yurtimizda pandemiya sharoiti bo’lishiga qaramasdan, insonlar qalbida bayram ko’tarinkiligi, ko’ngil xotirjamligi hukmronlik qilmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz davlat mukofotlarini olishib, ko’ngillari tog’dek ko’tarildi.

Kuni kecha Prezidentimiz “Ozodlikdan mahrum etish jazosini  o’tayotgan, qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat'iy o’tgan bir guruh shaxslarni afv etish to’g’risida”gi farmonni imzoladi. Farmonga asosan, jazoni ijro etish muassasalarida jazo o’tayotgan hamda qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat'iy o’tgan 113 nafar fuqaro muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 

Afv etilgan shaxslarning 5 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 53 nafari jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 15 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 40 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 1 nafari 60 yoshdan oshgan erkak, 2 nafari esa chet el fuqarolaridir. 113 kishidan 105 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

Ushbu hujjat nafaqat huquqiy, balki katta tarbiyaviy ahamiyatga ega hujjat deyish mumkin. Barchamizga ma'lum, inson o’z aybiga iqror bo’lsa va u o’z yurtboshisi tomonidan afv etilsa, ko’rsatilgan g’amho’rlikdan u insonning qalbida mehr, yurtiga sadoqat, kelajagiga ishonch paydo bo’ladi. Har qanday inson ham mana shunday oliyjanoblikdan so’ng, bor umrini shu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga bag’ishlaydi, albatta. Zero, xatosidan to’g’ri xulosa chiqarib, o’zini o’nglab olish ham chinakam insoniylik sifatlaridan sanaladi.

Inson o’z umrini halollik bilan shirin va sog’lom hayot kechirib yashash qanchalar maroqli ekanligini his qilishi naqadar totli.

Dilbar Mamadjanova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zXDP fraksiyasi a'zosi.