Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMINI QO’LLAB-QUVVATLASH DAVOM ETMOQDA

×

 2020-08-27 17:38:27    123

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining o’n yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan xolda o’tkazilgan sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Begmatov hamda tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 20 avgust kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida tuman-shahar hokimlarining aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlash (“temir daftar”) tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet daromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirayotgan ishlari natijadorligini xalq deputatlari Kengashlarida har oyda muhokama etib borishlari belgilangan edi. Sessiya kun tartibida dastlab Qo’shtepa tumanida ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risidagi masala atroflicha ko’rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimining o’rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i X.Axmedovning axboroti tinglandi.

Sessiya davomida tumandagi sektor rahbarlari ham kun tartibidagi masala yuzasidan hisobot berdilar.

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Begmatovlar yuqoridagi masala yuzasidan o’zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Shuningdek, sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilning 5-6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari hamda viloyat faollari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilish qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishi ham muhokamalar markazida bo’ldi.

Xususan, yig’ilish qarorining 4-bandida viloyatda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Marg’ilon shahriga Qo’shtepa, Toshloq va Farg’ona tumanlaridan yer qo’shib berish orqali Marg’ilon shahri hududini kelgusida kengaytirish choralarini ko’rish vazifasi belgilangan edi.

Ushbu masala yuzasidan tuman yer resurslari va davlat kadastri bo’limi boshlig’i R.Axmadaliyev atroflicha ma'ruza qildi.

Shuningdek, sessiyada boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi. Sessiya davomida deputatlarning fikr va mulohazalari tinglandi. Kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingach sessiya o’z ishini yakunladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati