Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Sud va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi
2020-08-25 15:45:11 237
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qo’shtepa tuman Kengashining majlislar zalida “Sud va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qo’shtepa tuman Kengashining tashabbusi bilan karantin qoidalariga muvofiq tashkil etilgan uchrashuvda Qo’shtepa tuman ma'muriy sudi raisi Q.Abdullayev, Qo’shtepa tuman jinoiy ishlar bo’yicha sudi raisi A.Ergashev, Marg’ilon shahar tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Boynazarovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda sud raislari so’z olishib, bugungi kunda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar, ularning yoshlar orasida keng targ’ib etilishi va ijobiy natijalari haqida gapirdilar. O’smirlar bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik roli beqiyosligi ta'kidlandi.
Uchrashuv samimiy suhbat va savol-javob shaklida davom etdi. Tumanimiz yoshlari sud raislariga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va savollariga to’liq javob oldilar.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.