Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQARO “ARMIYA-2020” HARBIY O’YINLARI FARG’ONADA

×

 2020-08-19 16:22:09    192

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda xalqaro “Armiya-2020” harbiy o’yinlari qatnashchilari Farg’ona zaminida ko’tarinki kayfiyatda kutib olingan.

Xalqaro “Armiya 2020” harbiy o’yinlari joriy yil 25 avgust sanasidan 3 sentyabrga qadar bo’lib o’tadi. Shu  kunlarda qura tashlash marosimi o’tkazilib, jamoalar bellashuv grafiklari e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

E'tirof etish kerak, musobaqalar doirasidagi barcha harakatlar karantin va sanitariya-gigiyena talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda.

18 avgust kuni Sharqiy harbiy okrug shtabi tomonidan Rossiya va Belorusiya terma jamoalari a'zolarini tantanali kutib olish marosimi tashkillanib,  mehmonlarga o’zbekona lutf bilan non va shirinliklar ulashildi. So’ngra ular musobaqalar bo’lib o’tadigan manzilga kuzatildi.

Rossiya va Belorusiya terma jamoalari vakillari o’rtasidagi musobaqalar Sharqiy harbiy okrugining Qo’qon shahridagi harbiy qismlaridan birida bo’lib o’tadi.

Mehmonlar viloyatimizning diqqatga sazovor, turistik ob'yektlariga tashrif buyurdilar. Shundan so’ng, Qo’qon shahrida joylashgan harbiy qismda bunyod etilgan Xotira maydonida Vatan uchun jonini fido qilgan yurtimizning mard va jasur o’g’lonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Xalqaro miqyosdagi mazkur musobaqalarni yuqori saviyada o’tkazish uchun viloyat hokimligi hamda Sharqiy harbiy okrug qo’mondonligi tomonidan katta hajmdagi tashkiliy va tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

Harbiy qismda  Farg’ona vodiysidagi tarixiy maskanlarni o’zida ifodalovchi kompozitsiya tashkil qilindi. Ushbu mo’'jaz majmua mehmonlarda, qolaversa, barcha yig’ilganlarda katta  taassurot qoldirdi.

Xalqaro “Armiya-2020” harbiy o’yinlari respublika va viloyatdagi   ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib boriladi. 

SHARQIY HARBIY OKRUG MATBUOT XIZMATI.