Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Karantin cheklovlari yumshadi, degani xavf yo’qoldi, degani emas!
2020-08-18 20:54:13 215
Joriy yil 18 avgust kuni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi Oltinchi chaqiriq 16-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi I.Novikov raislik qildi.
Karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan xolda o’tkazilgan sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov, tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari va siyosiy partiyalar rahbarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masalaga o’tishdan avval tuman hokimi I.Novikov koronavirus pandemiyasi hamda uning tarqalishi oldini olish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlarga va sessiya kun tartibidagi asosiy masala - joriy yilning 12 avgust kungi mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ishtirokida o’tkazilgan videselektor yig’ilishidagi koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq vazifalarga to’xtalib o’tdi.
Shundan so’ng tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i O.Murodovning respublikamizda karantin tartiblari bosqichma-bosqich yumshatilganligiga qaramasdan fuqarolar sanitariya talablariga qat'iy rioya qilgan holda yashashlari va mehnat qilishlari, sog’lom turmush tarziga amal qilgan holda munosib hayot kechirishlari zarurligi xususidagi murojaati tinglandi.
Sessiya davomida tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari K.Isaqov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari A.Xolboyev,tuman Jismoniy tarbiya va sport bo’limi boshlig’i G’.Yuldashev, tuman kengashi deputati A.Nabiyevlar so’zga chiqdilar.
Shuningdek, sessiyada boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi. Sessiya davomida deputatlarning fikr va mulohazalari tinglandi. Kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingach sessiya o’z ishini yakunladi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.