Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Yoshlar parlamenti»ga munosib yoshlar saylandi

×

 2020-08-13 16:51:21    134

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizning barcha tuman-shaharlarida bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanida ham O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi «Yoshlar parlamenti» a'zoligiga saylovlar yuqori darajada tashkil etildi.

5 ta siyosiy partiyadan yuksak ma'naviyatli, siyosiy ongi va tafakkuri teran eng kuchli yoshlar nomzod sifatida ko’rsatildi.

Qonunchilik palatasi huzuridagi «Yoshlar parlamenti» a'zoligiga Qo’shtepa tumanidan Abduxamidov Elmurodjon Dilmurodjon o’g’li saylandi.

U hozirgi kunda O’zXDP Qo’shtepa tuman kengashi raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Elmurodjon Abduxamidovga o’z dasturlari bilan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilishdek  maqsadlarini amalga oshirishida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.