Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIR MARTALIK YORDAM PULLARI TARQATILYAPTI

×

 2020-08-12 20:52:20    208

PDF yuklash
Chop etish


Pandemiya sharoitida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qo’shtepa tumanida Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga besh yuz ming so’mdan naqd pul ko’rinishida moddiy yordam berilgan bo’lsa, mana, kechadan boshlab, “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar, shuningdek, karantin davrida vaqtincha daromadini yo’qotgan xonadonlarning har bir  vakiliga 220 ming so’mdan moddiy yordam pullari tarqatilmoqda.

Respublika byudjetidan ehtiyojmand oilalar uchun ajratilgan ushbu naqd pul mablag’lari Qo’shtepa tumani sektorlari rahbarlari boshchiligida tarqatildi.

Bugun 3-sektordagi Paxtakor, Garmdon, Borot, Shodlik, Shaxartepa, Shomirza, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inlarida yashovchi ehtiyojmand oilarga jami 77 million so’m naqd pul tarqatildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.