Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mehrga muhtoj insonlar duosi olindi

×

 2020-08-12 20:45:00    127

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 30 iyul kuni «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi farmonni imzolagan edi.

Bugungi kunda sektor rahbarlari o’zlarining shtab a'zolari va mahalla raislari bilan birga har bir mahalla kesimida «Temir daftar»ga kiritilgan muhtoj oilalarning haqqoniy ro’yxatini yana bir bor qayta ko’rib chiqdi. Karantin vaqtida haqiqatan muhtojlarning ro’yxati shakllantirildi.

«Temir daftar» ro’yxatiga kiritilgan oilalarga ajratiladigan moliyaviy yordam miqdori har bir oila a'zosiga o’rtacha 220 ming so’mdan to’g’ri keladi.


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida mahalla fuqarolar yig’inlarida “Temir daftar” ro’yxatiga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam pullari berildi.

Bugun mazkur farmon ijrosiga muvofiq 1-sektor hududidagi Oqtepa, Qamishtepa, Qizilariq, Namuna va G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi 127 ta oilalarga 121 millionn 880 ming so’m bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

Nogiron va qariyalarning xonadonlariga pul mablag’lari bank xodimlari orqali yetkazib berildi.

Pandemiya tufayli qiyin vaziyatda qolgan tumandagi ehtiyojmand oilalar davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan bunday g’amxo’rliklardan, e'tibordan nihoyatda mamnun bo’lishmoqda va o’z minnatdorchiliklarini bildirgan holda epidemiya bartaraf etilishiga, yana oldingidek hayot tarzi davom etishiga ishonch bilan qarashmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.