Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sud-huquq sohasidagi islohotlar davom etmoqda

×

 2020-08-11 13:17:05    166

PDF yuklash
Chop etish


So’nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta'minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

Xususan, nohaq ayblangan 2,3 mingga yaqin kishi oqlandi, adashib jinoyat yo’liga kirib qolgani sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishi mumkin bo’lgan 3,5 mingdan ortiq yoshlar va xotin-qizlarga mahalla va jamoatchilik kafilliklari asosida yengilroq jazolar tayinlanib, o’z oilalari bag’rida qoldirildi, inson huquqlarini qo’pol tarzda buzgan 60 nafar huquq-tartibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.

Shu bilan birga, sud himoyasini ta'minlashdagi ortiqcha byurokratik to’siqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta ko’rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi, investorlar huquqlarining sud himoyasida bo’lishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan 2020 yilning 24 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6034-sonli Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi va Advokatlar palatasining 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi takliflari ma'qullanib, kelgusida sud tizimida:

- sud ishlarini nazorat tartibida ko’rish institutini tugatish, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o’rinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish;

- jinoyat ishlarini sudda ko’rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda ko’rib chiqilishiga to’sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish nazarda tutilgan.

Shuningdek, quyidagi tartiblarni joriy etish:

tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'atlari tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko’rib chiqish;

apellyatsiya tartibida ko’rib chiqilgan sud qarorlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida qayta ko’rib chiqish;

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida ko’rib chiqilgan ishlar bo’yicha chiqarilgan sud qarorlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o’rinbosarlari protestiga ko’ra kassatsiya tartibida takroran ko’rib chiqish;

davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga ko’ra jinoyat ishini tugatish;

prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori bo’yicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar murojaati mavjud bo’lgan holdagina, suddan chaqirib olib o’rganish;

qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo’zg’atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko’rilishida prokuror o’z tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etishi ma'qullangan.

Shu bilan birga investitsiyaviy nizolar bo’yicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar bo’yicha taraflarning xohishiga ko’ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko’rilishi;

qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko’rilishi mumkinligi belgilangan.

S. MAXKAMOV,

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi xodimi.